Tennesida 33 yoshli erkak Uilyam Devid Fillips sirli ichki ovoz ta’sirida tasodifiy yo‘lovchilarini bosib ketdi. Forum Daily’ning yozishicha, ovoz “narkomanlarni o‘ldirish”ga undagan.
Jefferson shahri politsiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi hibsga olingan bo‘lib, u tasodifiy yo‘lovchilarni ongli ravishda urib ketgan. Tegrovchilar Fillips qurbonlarni tanimasligini aniqlagan. Avvaliga tergovchilar jinoyat sababini tushuna olmagan. Keyinroq Fillips ichki ovoz buyrug‘iga ko‘ra ish tutganini tan olgan.
Birinchi qurbon 61 yoshli erkak bo‘lgan. Ichki ovoz u narkomanligini, uni o‘ldirish kerakligini aytganidan keyin tezlikni oshirib, erkakni urib ketgan. Keyinroq yana ikki yo‘lovchi: 30 yoshli homilador Serra Kaxun va uning 2 yoshli o‘g‘li Nolan Kaxunni ko‘rgan.
Ovoz unga bola aravachasida metamfetamin borligini aytgan, shu sababli u atayin ona-bolani bosib ketgan. Shundan so‘ng dekorativ baliqlar do‘koniga borib urilgan. Oqibatda do‘kondagi bir kishi jarohatlangan, bir necha akvariumlar singan va minglab baliqlar nobud bo‘lgan.
Jabrlanganlarning ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan. Homilador ayol va uning 2 yoshli o‘g‘li esa voqea joyida vafot etgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)