Marko Jampaolo “Milan”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
51 yoshli mutaxassis “rossonerilar” bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U klubda yiliga 2 million yevro maosh oladiga bo‘ldi.
Jampaolo mazkur vazifaga 1-iyuldan kirishadi.
Ma’lumot uchun, 3 yildan beri “Sampdoriya”ni boshqarib kelayotgan edi. Klub uning qo‘l ostida ikki bor A Seriya jadvalida 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2018/19-yilgi mavsum 9-o‘rindan joy oldi.
Jampaolo “Sampdoriya”ga qadar esa “Empoli”ni boshqargandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)