Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“ArMI — 2019” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Belarusda o‘tkaziladigan “Merganlar marrasi” bellashuvida o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etadi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Sharqiy harbiy okrugda nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tadbirning o‘tgan yilgi bahslarida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 18 davlatning 19 jamoasi ichida munosib qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu yilgi bahslarda ishtirok etish uchun 8 nafar mergan Farg‘ona dala o‘quv maydonida tayyorgarlik olib borishmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqa ishtirokchilari asosan 3 ta shart bo‘yicha bellashadi. Har bir shart bir nechta mashqlardan iborat. Yakuniy natija shartlar davomida to‘plangan ballarning umumiy hisobi bo‘yicha aniqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)