AQShning Nevada shtatida xavfli ashyolar va qurol ortgan poyezd izdan chiqib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 19-iyun kuni tongda ro‘y bergani, jami 22 ta vagon izdan chiqqani bildirilmoqda.
Politsiyaga ko‘ra, poyezdda ammoniy nitrati, granatalar, o‘q-dorilar va o‘qotar qurol olib ketilayotgandi. Qurol-aslaha ortilgan vagonlar tarkibning oxirida bo‘lgan va ular qulamagan.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida temir yo‘l yaqinidagi shosseda avtomobillar harakati 1,5 soatga to‘xtatib qo‘yildi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Avariya sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)