Gollivud aktrisasi Time jurnalining taklif qilingan muharriri bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Aktrisaning jurnal muharriri etib tayinlangani Time’ning bosh muharriri va direktori Edvard Felsental tomonidan e’lon qilindi.
Uning qayd etishicha, Joli jurnalda 18 yil davomida BMTning ko‘ngilli elchisi bo‘lib ishlagani asosida maqolalar yozadi.
Aktrisa dunyoning eng qashshoq va xavfli hududlarida bo‘lib, 60 dan ortiq dala missiyalarida ishtirok etgan. U aynan inson huquqlari, qochoqlar, xalqaro ziddiyatlar va boshqa ijtimoiy masalalarda qalam tebratadi.
Jolining “Biz qochoqlarga nima bera olamiz?” sarlavhali maqolasi jurnal saytida e’lon qilindi. Maqola “Xalqaro qochoqlar kuni”ga bag‘ishlangan.
Izoh (0)