Toshkentda 2019-yilning besh oyi davomida 379 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada 9 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi og‘ir tan jarohati olgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, birgina 16-iyun kuni poytaxtda 15 ta yong‘in sodir bo‘lgan.
Bunday favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida shahar rahbariyati tomonidan shu kuniyoq tadbir o‘tkazilgan. Unda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratilgan.
Izoh (0)