Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshkent” avtovokzaliga Xitoyda ishlab chiqarilgan 68 ta Yutong avtobusi olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Davlat rahbari tashabbusi bilan “Toshkent” avtovokzali tubdan rekonstruksiya qilinib, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlandi. Mehmonxona, ona va bola, tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxonalar tashkil etildi. 31 perron va 80 avtobus uchun joy mavjud. Vokzalda bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

— Mahalliy fuqarolar va xorijlik sayyohlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish, ularni manziliga xavfsiz va qulay sharoitlarda yetkazishga alohida e’tibor qaratayapmiz, — deydi “Uzautotrans Service” kompaniyasi bosh direktori Saidrahim Ikromov. – Shu maqsadda Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 100 ta avtobus olib kelgan edik. Bugun ular qatoriga yana 68 ta qo‘shildi. 51 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bu avtobuslarda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar bor. Yumshoq o‘rindiqlar tepasida havo deflektori, individual yoritish chiroqlari, konditsioner, karnay joylashgan, telefonni quvvatlash qurilmasi mavjud. Bu yo‘lovchilarga juda qo‘l keladi. Ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ta’kidlanishicha, hozirda “Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Buxoro, Yangiyer, Zomin, Jizzax, Qarshi, Qorako‘l, Gagarin, Termiz, Urganch, Denov kabi 11 shaharlararo va Qozog‘istonning Taraz, Turkiston, Ushkunur, Olmaota shaharlariga xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.

Tez kunlarda Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Qozog‘istonning yana boshqa shaharlariga xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...