Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning LOADED FILMS LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” badiiy filmining premyerasi Tokio shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

O‘zbekiston hududida suratga olingan ushbu to‘liq metrajli badiiy film muallif va rejissor Kiyoshi Kurosavaning “Na kray sveta” ssenariysi asosida yaratilgan. Bugungi kunda ushbu film “Dunyoning bir chekkasi” deb nomlanib, Tokioning bir nechta kinoteatrlarida taqdimot marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirlarda yaponiyalik ijodiy guruh bilan birga O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruza To‘raxo‘jayeva, aktyor Adiz Rajabov ham ishtirok etdi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Uchrashuvlar 15-iyun kuni Tokioning Sindzyuku kinoteatrida yapon-o‘zbek kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” badiiy filmini namoyish etish bilan boshlandi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Shundan so‘ng yaponiyalik jurnalistlar va OAV xodimlari bilan “Crank in” internet-nashriyotida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda film ijodkorlaridan Kiyoshi Kurosava, Atsuko Maeda, Ryo Kase, Shota Sometani, Tokio Emoto va O‘zbekistonlik delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

“Euro Space Shibuya”, 3F Kinoxaus, Kino Yokogama, Minato Miray sahnasida 16-iyun kuni film namoyishi va namoyishdan so‘ng uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mehmonlar sharafiga tadbir uyushtirildi. Tadbirda Sutaya Gindza va Mariko Sisido bilan suhbatlar qizg‘in bo‘ldi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi