Paragvaydagi San-Pedro departamenti turmasida sodir bo‘lgan qo‘zg‘olon oqibatida kamida to‘qqiz nafar mahkum halok bo‘ldi. “TASS”ning yozishicha, hodisa oqibatida yana bir necha kishi ham jabrlangan.

Foto: “TASS”

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘zg‘olon ikki jinoiy guruh a’zolari to‘qnashuvidan keyin boshlangan. Tartibsizliklar vaqtida qamoqxona binosida yong‘in chiqqan.

Hozirda qamoqxonadagi vaziyatni politsiya o‘z nazoratiga olgan.