Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “A” guruhida 18-iyun, seshanba kuni 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Boliviya terma jamoasi Peru termasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:30 da boshlanadi.
Musobaqa mezboni Braziliya termasi esa Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. Bahsga soat 05:30 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar ilk turda Boliviya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgandi (3:0). Venesula termasi esa Peru bilan durang o‘ynagandi (0:0).
Kopa Amerika—2019
2-tur bahsi
18-iyun, seshanba
“A” guruhi
Boliviya—Peru 02:30
Braziliya—Venesuela 05:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)