• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Yordam bermang, o‘zim turaman

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Darvoza – o‘zimizdan andoza

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Shahardan tashqariga chiqsangiz, “sanoatlashgan” hududlarda sotish uchun xilma-xil darvozalarni devorga tirab qo‘yishganiga ko‘zingiz tushadi. Rang-barang, murakkab naqshli darvozalar. Oxirgi yillarda modaga kirgan bu darvozalarni o‘zimizning fe’limizga, tabiatimizga o‘xshataman.

    Presslab bir qolipga solingan. Naqshlari sirtdan originaldek, ammo yaxshilab tikilib, bir-birini takrorlashini payqaysiz.

    Chiroyli, ammo mo‘rt. Uzoqdan o‘ziga tortadi, yaqinroq kelib bir chertsangiz, bum-bum degan tovush beradi.

    Xuddi pishiq-puxtadek turadi. Uyingizga olib kelib o‘rnatmaguncha bilmaysiz. Egilib ketadimi-ey. Tirnoq tegib ketsa, siri ko‘chadimi-ey.

    Ko‘plar uchun orzu-havas. Shunaqa darvoza o‘rnatilmasdan to‘y qilinmaydi. Ichkari devor sho‘rlab, tulab yotsayam farqi yo‘q, asosiysi, yaltiroq sirli darvoza o‘rnatish shart. Ko‘rganlar “o‘, to‘kis xonadon ekan”, deb o‘ylaydi.

    E’tibor berganmisiz: aksar o‘zbek xonadonlarida hammom yo‘q. Hammom nima bo‘pti, qo‘l yuvadigan chinni chanoq (rakovina) yo‘q. To‘g‘ri, jo‘mrakli tunuka suvdon yoki qo‘lyuvgich (umivalnik) qo‘yishadi, ammo, qimmatroqqa tushsayam, chinni chanoq qulayroq. Ham dekorativ. Ammo negadir shunday gigiyena jihozlarini uyga o‘rnatishni urfga aylantirolmadik. Hojatxonalarimiz ahvolini eslashim bilan hidi chiqib ketishi mumkinligi uchun, tilga olmay qo‘ya qolaman.

    Biz esa, baribir, yaltiroq va sirli darvoza qurishga o‘chmiz.

    Yordam bermang, o‘zim turaman

    “Baron Myunxgauzen” multfilmidan kadr

    “Baron Myunxgauzen” multfilmidan kadr

    Mashhur lofchi baron Myunxgauzen haqidagi multfilmda qiziq sahna bor. Ko‘lga yiqilgan Myunxgauzen o‘zining mo‘ylovidan tortib yuqoriga chiqib oladi. Tabiiyki, hayotda bunday qilishning iloji yo‘q: chetdan biror nuqta bo‘lmasa, kuch o‘zi ta’sir qilayotgan obyektga tayanib, uni qo‘zg‘altira olmaydi. Mavzuimiz fizika emas.

    Human Rights Watch tadqiqotchisi Stiv Sverdlovga tahdid qilib, beo‘xshov savollar bergan videobloger Sardor Komilovni ko‘plab blogerlar tanqid qilib yozdi (1, 2, 3). Biroq uni qo‘llab-quvvatlovchilar ham oz bo‘lmaganini adolat nuqtai nazaridan aytib o‘tishimiz lozim (guruhdagi muhokama, tarmoqdagi o‘z sahifasi o‘chirilgan). Sardor tarafdorlarining e’tirozi: bizga chetdan himoyachi kerakmas, o‘zimizni o‘zimiz himoyalaymiz, yurtimizni Suriyaga aylantirmang va hokazo. Tanish gaplar-a? 70 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvchi Human Rights Watch fitna qo‘zg‘ovchi tashkilot, deb o‘ylovchilar ko‘pligi ajablanarli.

    Nega shunday? Mening nazdimda, bizning auditoriya uzoq vaqt tashqi manbalardan mutlaqo uzilib qolgani buning sababidir. Bo‘lmasa, O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyati yaxshi emasligini, yaqin-yaqingacha xalqaro tashkilotlar ko‘p bora xavotir izhor qilganini, qonun ustunligi bo‘yicha reytinglarning odatda eng pastki pog‘onasini egallashimizni odamlarimiz bilardi. Afsuski, rus va ingliz tilidagi ma’lumotlarni kuzatmaydigan (aniqrog‘i, bu tillarni bilmaydigan), faqat “.uz” domeni bilan kifoyalanadigan auditoriya ijtimoiy ongi hanuz ustunligicha qolmoqda. Buning chorasi esa til o‘rganish, tashqi manbalardan axborot olish orqali fikriy mahdudlikdan qochishdir. Zotan, to‘silgan xorijiy saytlarni ochishdan ham davlatimizning maqsadi shu aslida.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar

    Silikon vodiysiga intilyapmizmi?

    Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman

    Uydan chiqqan dinozavr haqida

    Men dardimni kimga aytaman…

    Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish

    “Taroq” blokbasteriga marhabo

    2019-yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    “O‘zing nima qilding?” “Kurakka suyandim”

    Yusufbek hojining smayligi

    Fermer hokimni urganda nima bo‘lardi?

    18.06.2019, 08:44   Izoh (0)   71397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.