11-iyun kuni Toshkent shahrida frontal yukortgichlar bo‘yicha birinchi xalqaro anjumani doirasida “XCMG frontal yukortgichning eng yaxshi operatori” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Unda korporatsiya vitse-prezidenti, frontal yukortgichlar zavodi direktori Van Sinchjuning mehmon sifatida qatnashdi. Tadbirni korporatsiyaning rasmiy dileri — Texnika Advans Servis (TAS) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, korporatsiya maxsus texnikani ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha XXRda yetakchi va jahonda 5-o‘rinda.
2018-yilda kompaniyaning frontal yukortgichlar sotuv hajmi 17 925 ta tashkil etib, ulardan 729 tasi O‘zbekistonga eksport qilingan. Frontal yukortgichlaridan ko‘chmas mulk obyektlarini, yo‘llarni, gidroinshootlarni, gaz va neft obyektlarini qurishda, shuningdek elektrlashtirish, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish, shaharlarni modernizatsiya qilishda keng foydalaniladi.
Izoh (0)