2019-yil 16-iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashagan 44 yoshli N.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyning 100 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida N.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Yong‘in N.M. mast holda sigareta chekib uxlab qolishidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)