• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    62 ta mahalla mas’uliga soliq yig‘ish majburiyati yuklatilgani tilga olingan “Daryo” tanqidiga Qarshidagi mas’ullar munosabat bildirdi

    “Daryo”da Qarshi shahridagi mavjud 62 ta mahalla mas’ullariga har oy aholidan 10 million so‘mlik soliq tushumlarini undirish majburiyati yuklatilgani xususida maqola e’lon qilingandi. Maqola omma e’tiboriga havola etilgach, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qarshi shahar Kengashi bunga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qarshi shahar Kengashi raisi Normurod Hamzayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu maqoladan so‘ng mahalla kotiblari bilan yig‘ilish tashkil etilgan va maqolada tilga olingan holatlar muhokama qilingan.

    — Aslida biz topshiriqni boshqacha bergandik, — deydi Normurod Hamzayev. – Bilasiz, mahalla kotiblari har doim xalq orasida. Aholi bilan ishlaydi. Shuni hisobga olib kotiblarga mahallaga ma’lumotnoma so‘rab kelgan yoki biror bir yumush bilan borgan fuqarolarga soliqdan qarzdorligi bo‘lsa, to‘g‘ri tushuntirish berishlari kerakligini so‘ragandik. Majburiyat yuklamadik. Bu topshiriqni ba’zi bir kotiblar noto‘g‘ri tushungan ko‘rinadi. Ana shu anglashilmovchilik xususida bildirish uchun yig‘ilish tashkil etdik. Va yig‘ilishda topshiriq boshqacha berilganini qayta tushuntirdik.

    Mahalla mas’ullarining taklifiga ko‘ra, “Daryo” muxbiri ham ishtirok etgan yig‘ilishda so‘z olgan “Oqtepa” MFY kotibi Muqaddam Sanayeva soliq idorasi xodimi bilan aholi xonadonlarida bo‘lib, soliq tushumlarini undirishda ishtirok etgan kotiblar o‘z vazifasini bajarish niyatida hududga chiqqanini bildirdi.

    Muqaddam Sanayevaga ko‘ra, mahalla kotiblari aholining soliqdan qarzdorligini aytsa-aytmasa, baribir o‘sha manzilga — aholi xonadoniga boradi. Fursatdan foydalanib, targ‘ibot ishini ham olib boradi.

    Yig‘ilishda ishtirok etgan mahalla kotiblari “Daryo” muxbirining 10 million so‘m undirish majburiyati yuklatilgani xususida topshiriq haqidagi savoliga javoban, bu kabi ko‘rsatkichlar soliq idorasi xodimining rejasiga kiritilganini ta’kidlamoqda.

    — Odatda soliq idorasi xodimi mahallaga kelib, shu oy qarzdorlikdan falon so‘m topshirishim kerak deb belgilangan summani aytadi, — deydi yig‘ilishda so‘z olgan mahalla kotiblari. — Biz esa o‘sha ko‘rsatilgan summani yig‘ishida ko‘maklashamiz, xolos. Aniq belgilangan summa soliq idorasi xodimining rejasi bo‘ladi. Bizda bunday majburiyat yo‘q.

    Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu holatga munosabat so‘raganimizda, bu haqda Soliq qo‘mitasiga ma’lum qilishganliklarini bildirdi.

    — Mahalla kotiblari o‘ziga tegishli vazifalarni bajarish uchun tez-tez aholi xonadonlarida bo‘ladi, — deydi Normurod Hamzayev. – O‘sha paytda soliq xodimlari ham ular bilan birga yurib, yaxshi bilmagan xonadonlarida bo‘lib, soliq tushumlari bilan shug‘ullanadi. Ammo qaytarib aytaman, bu majburiyat emas.

    Normurod Hamzayev.

    Normurod Hamzayev.
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi 62 ta mahalla fuqarolarning yer va mol-mulk solig‘idan 8 milliard 554 miilion 680 ming so‘m qarzdorligi mavjud. Iyun oyining 10 kunlik hisob-kitobiga ko‘ra, mahalla mas’ullari sa’y-harakati bilan jami qarzdorlikning 105 milliondan ortig‘i undirilgan.

    — Prezidentimiz taqiqlagan ishni qilishga haddimiz sig‘maydi, — deydi Normurod Hamzayev. – El-yurt uchun xizmat qilib, Prezident jamoasidan ekanligimizni his qilib ishlaymiz. Bundan keyin bu kabi anglashilmovchiliklar va mahalla mas’ullariga zimmasiga taalluqli bo‘lmagan har qanday topshiriq berilishining oldini olamiz.

    17.06.2019, 17:17   Izoh (0)   13189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri ko‘chalarida “sayr qilib yurgan” bo‘ri o‘ldirildi (video)

    17.06.2019, 16:53

    Shifoxonalarda shifo o‘rinlari (koykalar) qachon tartibga keladi?

    17.06.2019, 16:32

    Misr aviakompaniyasi Toshkent-Sharm Ash-Shayx to‘g‘ridan to‘g‘ri reysini amalga oshirdi

    17.06.2019, 16:03

    “O‘n yilda tilab olgan yolg‘iz farzandim edi. Usiz menga dunyoning qizig‘i yo‘q”. Oqqonga chalingan Murodjon yaxshilar ko‘magiga muhtoj

    17.06.2019, 15:50

    Qashqadaryoda yana bir ayol 10 kunlik chaqalog‘ini ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

    17.06.2019, 15:39

    Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja yana O‘zbekistonga keldi

    17.06.2019, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” “Barselona”ga Fermin Lopes uchun Kristofer Nkunkuni taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 17:17

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Toshkentda 2 nafar shaxs tashkilot idorasidan ichida 560 ming AQSH dollari bo‘lgan seyfni o‘marib ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 17:15

    600 nafar isroillik sobiq amaldor Trampdan G‘azo urushini to‘xtatishda yordam so‘radi

    Dunyo | 4 avgust, 17:00

    O‘zbekiston AQSHdan paxta sotib olishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 16:45

    “Onkologik bemorlarda palliativ yordam ko‘rsatishni yanada kengaytirishimiz lozim” — mutaxassis

    Salomatlik | 4 avgust, 16:38

    “Real” Makallister va Fernandesh transferi uchun 100 mln yevro sarflaydi

    Sport | 4 avgust, 16:15

    O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ko‘proq pastladi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.