Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani tog‘ yon bag‘irlarida tasvirga tushirilgan qumoy qushi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Tabiatan kamyob bo‘lgan ushbu qush Hisor tog‘larida sanoqli uyalashi qayd etilgan. Qumoy fevralda bir dona tuxum qo‘yadi va 60 kun bosib yotadi. Polaponlari avgustdan ucha boshlaydi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu kamyob qushning umumiy soni 20 tadan oshmaydi.
Izoh (0)