Kosta-rikalik posbon yozgi transferlar vaqtida “Real”ni tark etmasligi mumkin, deb yozadi AS.
Avvalroq Madrid klubi ustozi Navasga kelasi mavsum jamoada Tibo Kurtua asosiy darvozabon bo‘lishini ma’lum qilgach, u klubdan ketishni xohlashini ma’lum qilgandi.
Biroq Navasning yuqori talabalari sabab, birorta klub uni o‘z safiga qo‘shib olish borasida rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q. Navas “Real”ni erkin agent sifatida tark etishga rozi edi. Ammo buning uchun “Qirollik klubi” Navasga 2 yillik shartnomasi bo‘yicha tovon pulini to‘lab berishi kerak bo‘lardi. “Real” esa bunday bo‘lishini xohlaganicha yo‘q.
Keylorning o‘zi yangi klubga o‘tgan taqdirda yiliga 7 million yevro maosh olishni xohlamoqda. Bunday taklifni unga faqat “Manchester Yunayted” hamda PSJ berishi mumkin. Biroq ikkala klub ham Navasga e’tibor qaratgani yo‘q.
Futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirib ko‘rgan “Benfika” va “Portu” esa uning talablarini eshitgach fikridan qaytgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)