• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sherzod Shermatov: Direktorlarni qamash taklifini berishdan avval ularga halol ishlashlari uchun sharoit yaratib berish kerak

    Xalq ta’limi vaziri maktab direktorlariga qay darajada halol ishlashga sharoit yaratilgani haqidagi mulohazalarini “Daryo”ga taqdim etdi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Ba’zi maktablar nufuzining yuqori bo‘lishi ta’lim muassasasi direktorining faoliyatiga bog‘liq. Ma’lum bir nufuzli maktablar muntazam ravishda tekshirilib, ularning faoliyatida kamchiliklar topishga harakat qilingan. Maqsad - bu orqali kimnidir mazkur maktabga kiritishni tezlashtirish bo‘lgan. Hozirgi qonunchilik va moliyalash tizimida istalgan nufuzli maktab direktorini qamash mumkin. Shu tufayli ular “qo‘ng‘iroqchi”larni maktabga joylashgan.

    Poytaxtimizdagi davlat maktablari direktorlari oyiga 2,5 million so‘m ishlab topadi ($300 kamroq). Ularda xususiy maktab direktorlariga nisbatan yuklama va stress bir necha bor yuqori. (Toshkentdagi xususiy maktab direktorlarini men davlat xizmatiga taklif qildim, ammo ular $3000 –$5000 oylikni ortiqcha stresslarsiz va dam olish kunlarida dam olgan holda topishlarini aytib o‘tib, rad javobini berishdi).

    Men mazkur maktab direktorlarining hammasi farishta ekanligi fikridan yiroqman. Shubhasiz, bu direktorlar maktabning yuqori natijaga erishishida hissasi juda katta. Shu tufayli barcha mazkur maktablarga intiladi va ularda o‘quvchilar soni ko‘p. (Biz kamida ularni himoya qilishimiz kerak, sababi koeffitsiyenti kichik bo‘lgan noloyiq direktorlar bor hamda ularning o‘rniga yaxshi kadr topish qiyin).

    Biz ularning faoliyati uchun yaxshi sharoitlar yaratmasak (hozirgi maktab byudjeti bilan buni amalga oshira olmaymiz), faqat jazolasak (mikrohudud tashqarisidan bolani joylagani uchun direktorlarni qamash bo‘yicha ko‘plab takliflarini o‘qidim) ular boshqa sohaga yoki xususiy maktablarga ketib qoladi. Ularning ortidan esa direktor tomonidan yaratib bergan sharoit uchun faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ketadi. Bu vaziyatdan kim yutadi?

    Shu bilan birga, talab yuqori bo‘lmagan maktablarga esa ahamiyat berilmagan. O‘tgan yili bu muammoni o‘rganishni boshlaganimizda, Toshkent shahrida 77 tadan ko‘p maktablar (25%) 1 koeffitsiyentidan past bo‘lgan, ya’ni quvvatiga nisbat o‘quvchilar kam tahsil olgan. Ularga o‘z faoliyatlarini to‘liq o‘zgartirishlari va o‘quvchilar sonini oshirish yoki lavozimlarini bo‘shatish vazifasi qo‘yilgan edi.

    Dunyoda barcha maktablar bir xil sifatga ega bo‘lgan mamlakatlar soni kam. Singapurda bunga davlat maktablarini xususiy muassasalarga nisbatan yaxshi moliyalash hisobiga erishilgan. Bundan tashqari, Singapur hududiy jihatdan kichik mamlakat hisoblanadi. Bizda qanday? Ha, mustaqillik yillaridan beri ilk bor Prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli o‘qituvchilarning oyliklari ikki bosqichda oshirildi. Ammo 25 yil davomida yig‘ilib qolgan muammolarni bir yil ichida hal etishning imkoni yo‘q. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bosqichma-bosqich tizimdagi oyliklar oshirib borilishi ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, mamlakatimizning iqtisodi xufiyona sektorga to‘g‘ri keladi. Shu bois hozirda maktablarning xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplash imkoniyati yo‘q.

    Davlat budjetining 16% xarajatlari maktab ta’limiga yuboriladi. Bu har bir o‘quvchiga yiliga 2,9 million so‘m yoki oyiga 246 ming so‘mni tashkil etadi. Toshkentdagi xususiy maktablarda ota-onalar har oy bu miqdordan 10 baravar ko‘p (British School, TIS va boshqa xalqaro maktablarni hisobga olmasa, u yerda to‘lov miqdori 50-70 baravar ko‘p). Agar davlat byudjeti real iqtisodiyotni (jumladan xufiyona sektorni) qamrab olsa va maktablar xarajatlar hajmi 16% da qolsa, biz davlat maktablarining moliyalash hajmini 2 baravarga oshirishimiz mumkin!

    Bu uchun vaqt talab qilinadi. Men bu maqsadlarga erishamiz, deb umid qilaman. Hozircha, malakali direktorlarga rasman ishlashlari noqonuniy faoliyatga nisbatan manfaatli va oson bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Maktab rahbarlariga normal oylik qilib bermasak, korrupsiyaning bartaraf etish bo‘yicha gaplarimiz gap bo‘lib qolaveradi.

    Keyin ulardan daromad deklaratsiyasi talab qilish va Kuzatuv kengashi hamda OAV ishtirokida korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilish bo‘yicha jamoat nazoratini kuchaytirishimiz mumkin.

    Bu mablag‘lar maktabning byudjetdan tashqari fondiga tushadi, davlat byudjetiga emas. Bu mablag‘ning 60%gacha maktab Kuzatuv kengashlari direktor va o‘qituvchilarning mehnatini rag‘batlantirishga bemalol yubora oladi. Ya’ni, direktorlar noqonuniy daromad topish yoki maktab masalalari (kichik ta’mirlash, tekshiruvlar va h.k)ni qanday yopishni o‘ylamaydi. Aksincha, ular shaffof moliyaviy tizimga o‘tadi.

    Bu mikrohududdan bepul farzandini nufuzli maktabga joylashtirgan ota-onalarga ham yuklamani kamaytiradi. Maktablarning o‘z mablag‘lari bo‘lsa, turli jamg‘armalarga, ta’mirlash va boshqa maqsadlarga pul yig‘ilmaydi. Bu esa avvalgi korrupsiya elementlari bo‘lgan birinchi sinfga qabul tizimida mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos “ijtimoiy lift” vazifasini bajaradi.

    Sababi direktorlar maktabda joy bo‘lmasligiga qaramay, qo‘shimcha kvotalar ochish imkoni bo‘lmaydi va ular o‘z tajribalarini koeffitsiyenti past maktablar bazasida o‘z tarmoqlarini tashkil etgan holda tatbiq etishga qiziqishlari ortadi. O‘tgan yili 42-maktabning 42A-tarmoq maktabini 115-maktab qoshida tashkil etish bo‘yicha pilot loyihasi amalga oshirib ko‘rdik. 42-maktabda quvvat mavjud bo‘lmagani sababli, maktab 1-sinfga qabul o‘tkazmoqchi emas edi. Boshqa maktab hududida qo‘shimcha sinflar ochish imkoniyati yaratildi.

    Bundan tashqari, nufuzli maktab direktorlarining tajribasi muvaffaqiyatsizroq bo‘lgan maktab rahbarlari va yangi kadrlar o‘rganib boradi. Shu tufayli, biz ularni davlat ta’lim tizimida ushlab qolish va ularning qonuniy va samarali faoliyati uchun kerakli sharoitlar yaratish kerak, deb o‘ylaymiz.

    Agar biz ularni faqat jazolasak (qamasak!), shundoq ham kamsonli bo‘lgan yaxshi kadrlarni yo‘qotamiz. Ha, shunda biz bu maktablarning darajasini ota-onalar farzandlarini berishni istamaydigan ta’lim muassasalari bilan bir xil darajaga keltiramiz. Biz esa, nufuzli maktablarni rivojlanishni davom ettirishlariga, talab kam maktablarni esa nufuzli maktablar tajribasini o‘rganishga motivatsiya qilishimiz lozim, sababi bu ularga qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi. Maktablar orasidagi farq talab kam bo‘lgan maktablarning faoliyatini yaxshilash orqali qisqarib boradi.

    P.S. Biz, vazirlikning yangi jamoasi, bu tizimni yaratmaganmiz, ammo biz, jumladan, hamma tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan qarorlar qabul qilgan holda uni o‘zgartirishga majburmiz. Biz bu maktablarga o‘zimizning “kvota”mizni belgilagan holda o‘z muammolarimizni “yechishimiz” mumkin edi. Hamma mamnun bo‘lar edi. Boshqa tomondan, bolalarni 1-sinfga qabul jarayonini “biznes”ga aylantirib olgan talay odamlar mavjud. Tabiiyki, ular o‘zgarishlarni, jumladan qabul pullari haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan holda, sabotaj qilishga harakat qiladilar.

    14.06.2019, 12:34   Izoh (0)   20475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Caravan Group restoranlari birinchi urinishda sotilmadi

    14.06.2019, 12:21

    Nishon markaziy shifoxonasida muammo bor: hal etilmasa hali ko‘p bemorlar koridorda yotadi

    14.06.2019, 12:10

    Farg‘onada sayyor qabul: Ikki yuzga yaqin odamning muammosi ijobiy hal etildi

    14.06.2019, 11:36

    Deputatlar “Daryo” muxbirining yangi qurilgan turar joylarni sotib olishda fuqarolarga ikki xil boj belgilangani haqidagi savoliga javob berdi

    14.06.2019, 11:14

    Davlat xizmatlari markazlari orqali OTMga hujjat topshirganlik uchun to‘lov undirilmasligi ma’lum qilindi

    14.06.2019, 11:03

    Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi

    14.06.2019, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.