Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.
Tadbirda ShHTga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Fotolarda davlat rahbari konsert davomida Xitoy raisi Si Szinpin bilan yonma-yon o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Mehmonlar e’tiboriga mintaqa xalqlari san’atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.
Izoh (0)