Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi kelasi yil Amerika Kubogi musobaqasiga Qatar hamda Avstraliya terma jamoalarini mehmon sifatida chaqirdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
Ta’kidlash joiz, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogiga Kolumbiya va Argentina davlatlari mezbonlik qiladi.
Birinchi chaqirilgan terma jamoa shimoliy guruhda Braziliya, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador va Peruga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi jamoa janubiy qit’a vakillari Argentina, Chili, Urugvay, Paragvay va Boliviya terma jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar joriy yilgi Amerika Kubogida ham ishtirok etmoqda, Avstraliya esa mazkur musobaqada ilk marta o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)