• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqdaryo tumanida Erkinjon Turdimov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi

    “ZarNews.uz” nashrida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida o‘tkazilgan sayyor qabul haqida maqola e’lon qilindi. Mazkur maqolaning to‘liq shakli quyida keltirib o‘tilgan.

    Foto: “ZarNews.uz”

    Foto: “ZarNews.uz”

    Samarqand viloyati hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi. An’anaga ko‘ra, viloyatdagi barcha korxona-tashkilot, boshqarmalar rahbarlari erta tongdan Oqdaryoda yig‘ildi.

    Tan olish kerak, Erkinjon Turdimovning sayyor qabullari tom ma’noda odamlarni eshitish kayfiyatiga qurilgan. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, davlat idoralari xalqni eshityapti. Kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas, ammo bu uchrashuvlar odamlarning yodida qolyapti. So‘nggi paytlarda bir necha bora tilga olinganidek, boqimanda, ishyoqmas fuqarolar qatorida haqiqatan ham muhtojlar, og‘ir holatga tushib qolgan odamlar bilan yuzma-yuz bo‘lishga to‘g‘ri kelyapti.

    Masalan, Maqsuda Egamberdiyeva qo‘lida o‘roq ko‘tarib kirib keldi. Bu ayolning ilk holatiyoq mehnatda toblangan, ishdan qochmaydiganlar xilidan ekanligini isbotlab turibdi.

    Maqsuda opa turmushidan ajragan, ikki farzandni tarbiyalab kelyapti. Yolg‘iz boshi bilan bolalar tarbiyasi, o‘qishi, yashashidan ortib, uyini ta’mirlab olishga qurbi yetmayotgan ekan. “Menga bittagina xonaning eshik-derazasi, pol va shifti uchun yordam bersangiz”, dedi ayol. Hokim uning vaziyatini inobatga olib, homiylik yordami ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

    – Tumanimizga hokim kelayotganini eshitib, bu yoqqa qarab yugurdim, – deydi o‘zining holatiga izoh berganday M.Egamberdiyeva. – Mahallada haq to‘lanadigan jamoat ishida ishlayman, oyligim 600 ming so‘m atrofida. Uyimni ta’mirlab olishga o‘zimning kuchim yetmayapti. Rahmat, hokim arzimni qabul qildi.

    “Homiylik”.

    Homiylik so‘nggi paytlarda shunchalik ommalashdiki, rahbarlar bu so‘zni eshitsa, bir seskanib tushyapti. Sabab?

    Murojaatchilarning aksariyati homiylik yordami so‘raydi. Muhtoj ham, muhtoj bo‘lmagan ham. “Muhtoj bo‘lmagan” degan iborani qo‘llayotganimiz boisi, tani-joni sog‘lom odam ishlasa, muhtoj bo‘lmaydi. Erkinjon Turdimov o‘tgan safargi sayyor qabulida aytganidek, Oqdaryoda ham voyaga yetgan bolalari, oilasida sog‘lom erkagi bo‘lgan fuqarolarning moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatini rad etdi.

    Hokimning “ishyoqmaslarga ko‘maklashmayman”, degan gapi yig‘ilishga kelgan bir rahbar tanishimizga ma’qul kelganini yashirmadi.

    – E’tibor qiling, murojaatchilarning ayrimlari nogiron farzandini olib kelgan, – dedi u. – Lekin oilada bir nafar bola nuqson bilan tug‘ilgan bo‘lsa, uning akalari, otasi sog‘lom-ku. Nega ular bu muammoni hal qilish uchun harakat qilmaydi? Aytaylik, nuqsonli bolalarni nega aynan ona yetaklab kelishi kerak? Oilaning erkaklari andisha qilmaydimi? Axir bundan bir necha o‘n yil avval bu holatlar uyat sanalgan. Qizining turmushi buzilgani ota uchun or hisoblangan. Buni boshqalardan yashirishgan. Endi-chi? Nega bugun turmushi buzilgan qizini yetaklab, kimdandir homiylik qilishini so‘rashni or bilmay qoldik? Rosti, biz uyatsizlikka o‘rganib qolishimizdan qo‘rqaman.

    Sayyor qabuldagi yana bir holat kishi e’tiborini tortdi. Ya’ni, qabul o‘tadigan joyga erta tongdan nogironlik aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar ko‘rgazmaga qo‘yilganday olib kelib qo‘yildi. Xo‘sh, bu bizda nogironi bo‘lgan shaxslar ko‘paymoqda, ko‘rib qo‘ying, deganimi? Yoki biz mana, homiylik qilyapmiz. Nogironlarni qo‘llab-quvvatlayapmiz, degan iddaoni viloyat hokimiga, boringki, xalqqa ko‘rsatib qo‘yishmi?! Nega shu ish boshqa kuni qilinmadi? Anglashiladiki, biz birovdan yordam so‘rashdan ham, muhtojga yordam qilishni ko‘z-ko‘z qilishdan, iddaodan ham uyalmay qoldik.

    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti agronomiya fakultetining 67 nafar talabasi joriy o‘quv yilida O‘zbekiston tarixi fanidan yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tolmagan. Ularning aytishicha, davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi taxminan 10 kun oldin ma’lum qilingan. Bu nizom talablariga zid. Shu kabi bir qator vajlar keltirilgan. Buni viloyat adliya boshqarmasi ham tasdiqlayapti va natijada attestatsiyaga mas’ul rahbarlarga intizomiy chora ko‘rilgan. Ammo ular hamon ish joyida, talabalar esa aziyat chekyapti.

    Yoshlarning murojaatini eshitgan hokim ularga o‘zlariga bevosita taalluqli bo‘lgan sohadan savol berdi:

    – Oltinko‘z hasharoti qanday ko‘payadi? U nima bilan oziqlanadi?

    – Tuproq tarkibi nimalardan iborat?

    – Paxtaning rivojlanish bosqichlarini sanab bering...

    Hokim qanoatlanarli javob olmagach, “Sizlarga baho qo‘yadigan olimgayam, diplom beradigan institutgayam qoyil qolmagan bo‘lardim”, dedi.

    Hokim talabalarga bu muammo bilan tegishli vazirlik va idoralar shug‘ullanishini ma’lum qildi.

    Gulnoza Xudoyberdiyeva, Past Darg‘om tumanidan:

    — Bugun hokimga shunchaki, rahmat aytgani keldim. Bolalarimni davolatishim uchun yordam berdi. Bunday uchrashuvlar sabab ko‘plab odamlarning og‘iri yengil bo‘lyapti.

    Sayyor qabulga kelganlar orasida hokimdan minnatdor bo‘lganlarni ham ko‘rdik.

    Ammo shunday holatlar borki, buning uchun viloyat rahbarini bezovta qilishga hojat yo‘q. Aytaylik, Miyonqol mahallasidan kelgan Tursun Egamberdiyevning murojaatiga tumanning o‘zida yechim bor edi. Ya’ni, markazdan 13 kilometr masofada joylashgan Miyonqol mahallasida chiqindixona yo‘q. Hududga chiqindi to‘kilishi oqibatida mahallada antisanitar holat yuzaga kelyapti.

    Savol tug‘iladi, nega bu kabi muammolar tumanning o‘zida yechimini topmayapti? Xalqimizning o‘zi kimga murojaat qilishni bilmaydimi yoki tuman mutasaddilari bunday vaziyatlarga yuqoridan qaraydimi?

    — Sayyor qabulda fuqarolarimiz murojaat qilgan masalalar, asosan, uy-joy, uni ta’mirlash, yo‘l qurilishi kabilardan iborat bo‘ldi, — deydi Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov. – Shu bilan birga o‘zimiz, tumanimizda hal qilishimiz mumkin bo‘lgan ayrim masalalar, masalan, mahallalarda chikindixonalarning tashkil etilmaganligi, yer va mulk bo‘yicha nizolar, oilaviy mojarolar yuzasidan sayyor qabulda aytilgani biz, tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari xodimlarini ba’zida o‘z vazifamizga chuqurroq e’tiborda bo‘lmaganimizni ko‘rsatib berdi. Negaki, fuqarolarimizning bu masalalarda viloyat hokimiga murojaat qilishi biz uchun og‘riqlidir. Bundan o‘zimizga tegishli xulosa chiqardik.

    Endi o‘zimizning xulosa. Bu kabi sayyor qabullarda 500—600 tagacha muammolar ko‘tarilayotgani sababi – joylarda odamlar yetarlicha eshitilmayapti. Arzchiga o‘z vaqtida tushuntirish berilmayapti, qonuniy yechim izlanmayapti. Murojaatlar salmog‘i hududlarda mas’ullarning o‘z ishiga nechog‘li mas’uliyat bilan qarayotganini ko‘rsatib beryapti.

    Nazarimizda deputatlar, tashkilot rahbarlari, tuman mas’ullari joylarda ochiq muloqotlarni ko‘paytirishi kerak. To‘g‘ri, viloyat hokimi yo‘l qurilishi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti bilan bog‘liq juda ko‘p murojaatlarga yechim topib berdi yoki ularni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari zimmasiga vazifa yukladi.

    Biroq soha rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari allaqachon bajarishi mumkin bo‘lgan ishlar ham bor ekan.

    Faqat viloyat hokimi emas, qabulga kelgan boshqa rahbarlar ham kimningdir ustidan arzimagan shikoyat qilgan, imkoniyati yetsa-da, yangi uyga birinchi to‘lov uchun yordam so‘rab turganlarga, yonidagi maktabning sport zali, maydoni bo‘laturib, yangi sport zali qurishni talab qilganlarga vaziyatni tushuntirishni o‘rganishdi. Bu yaxshi holat.

    Viloyat hokimining sayyor qabuli joylarda davom etmoqda, u huquqiy targ‘ibot vazifasini ham o‘tamoqda. Lekin tushgan savollarni monitoring qilish haqida tuman mutasaddilari o‘ylab ko‘radigan vaqt kelmadimi?

    14.06.2019, 08:22   Izoh (0)   17811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Olmaota poyezdlarining narxi nega uch barobar qimmat?

    14.06.2019, 07:48

    KAMKA — 2019: Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi

    14.06.2019, 07:32

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Nishondagi tug‘ruqxona koridorida yotgan ayollar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

    14.06.2019, 07:25

    Buxorolik fuqaro 9,2 mln so‘m aliment pulini to‘lagach, qamoqdan ozod qilindi

    14.06.2019, 03:26

    O‘zbekistonda sud va tergovdan qochib yurgan 11 kishi ushlandi

    14.06.2019, 02:00

    O‘zbekistonda ilk “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etildi

    14.06.2019, 01:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.