Vashington universiteti olimlari Antarktida sohillaridagi muz qoplamalarida katta yoriqlar hosil bo‘lishining asosiy sababini aniqladi. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

Foto: NASA

Tadqiqotchilar dengiz muzliklarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini hamda datchiklar o‘rnatilgan dengiz fillari va robotlashtirilgan zondlar orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qildi.

Foto: Phys.org

Ma’lum bo‘lishicha, sohildan uzoqdagi yoriqlar bir qator omillar, xususan, okeandagi noodatiy sharoit va Ueddella dengizida sodir bo‘luvchi doimiy po‘rtana sababli paydo bo‘ladi.

Antarktidani o‘rab turgan shamollar sohilga yaqinlasha boshlaganda Ueddella dengizi sharqiy qismida dengiz suvi yuqori oqimlari yuzaga keladi. Mod Rayz suv osti tepaligi bu oqimdan uyurma hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Okean yuzasida sho‘rlik ortganida qishgi po‘rtana sirkulyatsiyaning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Issiq sho‘r suv yuzaga chiqib soviydi va qalinlashib yana cho‘kadi. Natijada muz hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi doimiy holat sodir bo‘ladi.

Mod-Rayz yorig‘i 2016—2017-yillarda, dengiz muzliklari qalinlashgan paytda kuzatilgan. Uning qalinligi 2017-yilda 9500 kvadrat kilometrni tashkil etgan va bir oy ichida 80 ming kvadrat kilometrga oshgan. Yoz oyi boshlarida muzliklar erishni boshlaganda yoriqlar okean bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi. Bunday hodisa 1970-yilda ham kuzatilgan.