Aktrisa Zarina Nizomiddinova yaqinda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan katta intervyuda uni yomon ko‘rganlarga javob qaytardi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aktrisaga tez-tez salbiy ma’nodagi xabarlar yuborishadi. Lekin u haqida odamlar yomon gaplar yozganini ko‘rgan Zarina bundan xafa bo‘lmaydi.
“Tez-tez tanishlarim men haqimda yozilgan yomon gaplarni yuboradi. Bu borada men sira xafa bo‘lmayman. Tanqid qilishyaptimi, demak men haqimda gapirishga arzirli nimadir bor. Men haqida gapirishdan to‘xtashsa, demak men ortiq mashhur aktrisa hisoblanmayman”, — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Zarina Nizomiddinova o‘zbek aktrisasi hamda afsonaviy “Yalla” ansamblining asoschilaridan biri Shahboz Nizamutdinovning qizi.
Izoh (0)