Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ayni vaqtda “Mening fikrim” veb-portaliga turli oliy ta’lim muassasalari (filiali)ni tashkil etish haqidagi  quyidagi elektron jamoaviy murojaatlar ovoz berish uchun joylashtirilgan:

1. Bekobod shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilish haqida;

Ovozlar soni — 507. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 47;

2. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida oliy ta’lim muassasasini tashkil etish haqida;

Ovozlar soni — 116. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 55;

3. O‘zbekiston davlat San’at akademiyasini tashkil etish haqida;

Ovozlar soni — 105. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 56;

4. Samarqand viloyati, Urgut tumanida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining filialini tashkil etish haqida;

Ovozlar soni — 111. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 57;

5. Namangan viloyati Chust shahrida oliy ta’lim muassasasi filialini ochish haqida;

Ovozlar soni — 223. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 62;

6. Qarshi shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Qarshi filialini tashkil etish haqida;

Ovozlar soni — 104. Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 84;

7. Andijon viloyati Marhamat tumanida oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish haqida;

Ovozlar soni — 50.  Ovoz berish muddati yakunlanishiga qolgan kunlar — 88.

Murojaatlar belgilangan 90 kunlik muddatda yetarli ovoz (10 000) to‘plasa, vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening fikrim” portalida ovoz to‘plagan murojaatga javoban, Shahrisabzda 2 ta OTMning filiali tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi