UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Porye bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toni Fergyuson hamda Jorj Sen-Pyer bilan jang qilishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar berdi.
“Sen-Pyer? U qaytadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lekin bu men yozayotgan tarixda muhim voqelik bo‘lar edi. Men Dastin, Toni Fergyuson va Jorj Sen-Pyerni yutishim shart. Shundagina har qanday vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli bo‘laman,” — dedi Habib.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sen-Pyer faoliyatini tugatganligi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 7-sentabr kuni Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)