Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilogramm kokain ham borligini aniqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ushbu turkum 2,5 million narkotik dozaga mo‘ljallangani va umumiy qiymati 4,5 milliard rubl ekanligi bildirilmoqda.
Kokain har biri 8 kilogramm chiqadigan briketlarda bo‘lgan. Briketlar esa qoplarga joylangan.
Hozirda bojxona va politsiya xodimlari mazkur kontrabanda ishtirokchilarini aniqlamoqda.
Izoh (0)