O‘zbekistonlik Anvar Bo‘ronovga tegishli Nova-BioRubber kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi Medilink U.K. Healthcare Business Awards mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Sputnik.
“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha innovatsion materillar” nominatsiyasini qo‘lga kirigan Bo‘ronovning firmasi kauchukni tabbiy materiallardan olish bo‘yicha ekologik toza texnologiyani ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Firma gipoallergen va barqaror biolateks, biorezina va inulin ishlab chiqarish bo‘yicha yaratgan yashil texnologiyasiga uchun taqdirlandi.
Yangi kauchuk Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda o‘suvchi momaqaymoqsimonlar turiga kiradigan ko‘p yillik o‘simlikdan yaratilgan.
Izoh (0)