Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bozorlar ma’muriyati bilan hamkorlikda Navoiy shahri hududida joylashgan bozorlarning yong‘inga qarshi texnik holati o‘rganib chiqildi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

O‘rganishlar davomida nosoz holga kelib qolgan 16 ta elektr moslamasi, kirish yo‘llariga qo‘yilgan 4 ta sun’iy to‘siq  va avtomobil yo‘llariga o‘zboshimchalik bilan qurilgan vaqtinchalik savdo rastalari olib tashlandi.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati