Fotogalereya: Shimoliy Koreya ahlining kundalik hayotiga nazar
Shimoliy Koreyada harbiylarni suratga olish, rahbarlarni esa bo‘yi bilan suratga olmaslik taqiqlanadi. Jurnalistlar marshrut bo‘yicha kelishib olishlari, fotografik jihozlar uchun hujjatlar taqdim etishlari va muayyan joyning fotosurati nima uchun kerakligini asoslashlari shart. Holbuki, davlatning yopiqligi va cheklovlarga qaramay, sayyohlar va jurnalistlar mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi suratlarni olishlari mumkin: hayot, kasalxonalar, do‘konlar, transport va media-holati, bo‘sh vaqt va o‘yin-kulgi holati. Bularning barchasi respublikaning hayotini ichki dunyodan ko‘rish imkonini beradi. AdMe Shimoliy Koreyaning ichki dunyosini ko‘rsatuvchi suratlarni taqdim etdi.
Televideniye hali ham asosiy axborot manbai. Pxenyan, 2018
Shimoliy Koreyadagi birinchi xususiy OTM - Pxenyan ilmiy-texnika universiteti talabalari ertalabki badantarbiya mashg‘ulotini qilmoqda. 2019-yil
Yuqori tabaqa vakillari Prada brendidan kiyim kiyishlari mumkin
Pxenyan tug‘ruqxonasi
Koreya metrosidan chiqqandagi do‘kon. O‘yinchoqlar eski, sotuvchi yo‘q
Mamlakat rahbarining faxrli ishlari. Suratda Pxenyan ahli Kim Chen Inning Vyetnamga tashrifi haqida o‘qimoqda, 2019-yil
Nafaqat amaldagi rahbar shartsiz hurmatga loyiq, balki Kim Ir Sen va Kim Chen Irga ham chuqur hurmat bajo keltiriladi. 2012-yil
Hamma yerda targ‘ibot plakatlari osilib turadi. Pxenyan, 2019
Sayyohlar sotib olib, uyiga olib ketishi mumkin bo‘lgan otkritkalar
Shahar arxitekturasi. Pxenyan, 2017
Velosipedga huddi avtobusga bo‘lgani kabi talab bor. 1000 kishiga faqat 11 ta avtomobil bor
Izoh (0)