Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurgan turistlar yovvoyi tabiatda omon qolishga intilayotgan leopardni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.
Videoda bir to‘da sirtlonlar kasalligi yoki qarib qolgani sabab kuchsizlanib qolgan leopardga tashlanayotgani tasvirlangan. Leopard qiyinchilik bilan sirtlonlardan qochib ketgan. Shunga qaramay yirtqichlar to‘dasi uni kuzatishda davom etgan.
Leopardlar mushuksimonlar oilasiga kiruvchi epchil jonzot hisoblanib, ularning kattaligi 2—2,5 mtergacha yetadi. Uzunligining asosiy qismini dumi tashkil etadi. Yoldor sirtlonlarning kattaligi esa 1,3 metrgacha yetadi. Har qanday mojaroli vaziyatda ham leopard sirtlonlar bilan urushmaydi, shunchaki daraxtga chiqib qolib berkinishni ma’qul ko‘radi.
Izoh (0)