Rimning “Roma” klubi yangi bosh murabbiyga ega bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, jamoani endilikda portugaliyalik Paulu Fonseka boshqaradi. U klub bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Fonseka Rimda yiliga 2,5 million yevro ishlab topishi ko‘zda tutilgan. “Roma” Fonseka uchun “Shaxtyor”ga 2 million yevro tovon puli to‘laydi.
Paulo Fonseka 2016-yil iyunida “Shaxtyor”ni qabul qilib olgandi. Jamoa uning qo‘l ostida uch marta Ukraina chempioni bo‘ldi. Uch bor mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)