2019-yilning 8-iyun kuni qurilish maydonida baxtsiz hodisa (temir plitaning qulashi) oqibatdida O‘zbekiston fuqarosi 20.05.1964-yilda tug‘ilgan Urajbekov Alijon vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
9-iyun kuni konsullik-huquqiy masalalarini joyida hal qilish uchun Chexiyaga borgan Elchixona xodimiga mazkur fakt politsiya tomonidan tasdiqlandi.
Tergov ishlari bilan Chexiya kriminal politsiyasi shug‘ullanmoqda.
Ayni paytda Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Berlin shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +49-30-3940980.
Izoh (0)