Yaqinda Koreya mamlakatidagi Seul Kangnam CHA bepushtlikni davolash markazidan 25 yillik ish tajribasiga ega professor-reproduktolog Pak Chan U mamlakatimizga tashrif buyurdi va “O‘zbekiston” telekanali “O‘zingni angla” ko‘rsatuvida  ishtirok etib,  bepushtlik va uning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Quyida siz ko‘rsatuvning ushbu sonini takroran  ko‘rishingiz mumkin:

Shuningdek, koreyalik mutaxassis Toshkent shahridagi Himedi.com konsultatsiya markazida bepusht oilalarga Ekstra-korporal (sun’iy) urug‘lantirish muolajasi orqali farzand ko‘rish  bo‘yicha xayriya konsultatsiyasi o‘tadi.

Ekstra-korporal urug‘lantirish (EKU) bu embriologiya laboratoriyasi sharoitida  shifokor-embriolog tomonidan amalga oshiriladigan muolaja bo‘lib,  bunda tuxum hujayrasi va spermatozoidlar maxsus tibbiy asboblar yordamida mutaxassislar tomonidan olinadi va  ular mustaqil yoki sun’iy ravishda birlashtiriladi, so‘ng urug‘langan embrion ayolning tuxumdoniga joylanadi.

So‘nggi kuzatuvlar natijalariga ko‘ra 2017-yilda 50 000 ga yaqin chaqaloqlar EKU muolajasi orqali dunyoga kelgan. Ushbu raqam o‘sha davrda tug‘ilgan barcha chaqaloqlarning 5 foizini tashkil etadi.

Professor Park Chan Uning so‘zlariga ko‘ra quyidagi oilalar uchun EKU muolajasi tavsiya etiladi:

  1. Ayolning ikkala bachadon yo‘llarining yo‘qligi yoki ularning o‘tkazuvchanligi juda pastligi;
  2. Ayol bachadonida follikulalar yetilmasligi;
  3. Erkak bepushtligi (sog‘lom spermatozoidlarning yo‘qligi);
  4. Erkaklarda uchraydigan Azoospermiya holati (spermatozoidlarning umuman mavjud emasligi);
  5. Bepushtlikni davolashning boshqa yo‘llari uzoq davr mobaynida samarasiz bo‘lganligi;
  6. Takroriy ravishda homila tushishi;
  7. Ayollarda bachadon shilliq qavatining yallig‘lanishi (endometrioz holati);
  8. Ayollarda hayz siklining kechikish holatlari yoki uzoq davr mobaynida yo‘qligi;
  9. Bepushtlikning sababi noaniq ekanligi.

EKU muolajasini amalga oshirish bosqichlari quyidagilardir:

-Gormonal dori vositalar yordamida tuxum hujayralarini stimulyatsiyalash;

- Yetilgan tuxumdonni tibbiy asboblar yordamida olish;

- Tuxum hujayralarini probirkada spermatozoidlar bilan sun’iy urug‘lantirish;

- Embrion rivojlanishini kuzatish;

- Rivojlangan embrionni ayol bachadoniga sun’iy joylashtirish;

- Homiladorlikni aniqlash, test o‘tkazish.

Shifokor-reproduktologning bergan ma’lumotiga ko‘ra EKU muolajasining omadli amalga oshirilishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Misol uchun: ayolning yoshi, shifokor-embriologning malakasi, laboratoriyaning eng so‘nggi rusumdagi yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar bilan jihozlanganligi va hokazo.

EKU muolajasining bir nechta turlari mavjud bo‘lib ular quyidagilar:

IKSI, PIKSI va IVM.

IKSI — Mikroskop ostida mikromanipulyator yordamida alohida ajratib olingan sperma hujayrasini tuxum hujayrasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborish. Bu holatda urug‘ hujayrasi miqdori kam bo‘lganda yoki an’anaviy EKU samarasiz bo‘lganida ijobiy natija olish imkoni ortadi.

PIKSI — bu IKSI usulining yanada rivojlangan ko‘rinishidir, unda urug‘ hujayrasi o‘ta kuchli mikroskop yordamida tanlanadi va undan eng sog‘lom urug‘ tuxum hujayrasini urug‘lantirish uchun tanlab olinadi.

IVM — sun’iy urug‘lantirishning ushbu turida tuxum hujayralari gormonal preparatlarsiz stimulyatsiyalanadi. Usulning mohiyati shundan iboratki, hayz siklining boshida ayolning (follikullalardan) yetilmagan tuxum hujayrasi olinadi. Ular maxsus laboratoriya sharoitida yetiltiriladi. Tuxum hujayrasi yetilgach, an’anaviy EKU kabi urug‘lantiriladi. Odatda ushbu usul gormonal preparatlar yordamida tuxum hujayralarini stimulyatsiyalash ijobiy natija bermaganida amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda bepushtlikka davo izlayotgan oilalar Seul Kangnam Cha professor-reproduktologi Pak Chan Udan Toshkent shahridagi Himedi.com maslahat markazi orqali konsultatsiya olishlari mumkin. Shuningdek, ushbu markaz bemorlar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ham konsultatsiya taqdim etadi:

-Saraton va onkologik kasalliklar

-Plastik jarrohlik

-Neyrojarrohlik

-Kardiojarrohlik

-Travmatologiya va ortopediya

-Koreya xalq an’anaviy tibbiyoti

-Umurtqa pog‘onasi, bo‘yin va bosh miya kasalliklari

-Gepatologiya

-Oftalmologiya

-Lor

-Endokrinologiya

-Reabilitologiya

Shuningdek, Himedi.com konsultatsiya markazi Janubiy Koreyaning Seul St Mary’s, Samsung, Jaseng kabi yetakchi klinikalaridan boshqa turdagi kasalliklar bo‘yicha ham bemorlarga  tibbiy xulosani taqdim etadi. Konsultatsiya olish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling yoki saytda onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘ting:

+998 71 200 07 04

www.Himedi.com/uz/inquiry

Bizning manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 16-uy.

Himedi.com

Telegram’da: @himedicom_uz

Bepushlikni davolash

Bepushtlik sabablari

EKO

IVF

Koreyada davolanish

Rakni saratonni davolash

Umurtqa-bo‘yin grijasini davolash

Yurakni davolash

Buyrak-jigarni davolash

Online konsultatsiya

Reklama huquqi asosida