Alisher Usmonovning jiyani, dizayner Ganya Usmonova Ganya Usman Collection xayriya loyihasi doirasida o‘zinining yangi liboslar to‘plami taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar berdi “Afisha.uz”.
O‘zbekistonning aksariyat taniqli shaxslari jam bo‘lgan namoyish Premium Line savdo uyida bo‘lib o‘tadi.
Podium yashil gazon ko‘rinishida tashkil etildi. Yangi to‘plamdan bolalar uchun ham kiyimlar o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, to‘plamni yaratish uchun faqat o‘zbek paxtasidan tayyorlangan matolar ishlatilgan.
Izoh (0)