Yangiyo‘l shahri qum bo‘roni ostida qoldi, deb xabar berilmoqda Facebook’dagi “Yangiyo‘l” guruhida.
Qayd etilishicha, shahar o‘tgan yil noyabrdan buyon qazib tashlangan edi, ko‘chalar bo‘ylab katta-katta tuproq uyumlari yotardi. Shu tuproqlarning barchasi qattiq shamol turganida havoga ko‘tarilgan.
“Yangiyo‘lda quruvchilar o‘tgan kuzda butun shaharni qazib tashlab, so‘ng ishni chala qoldirib ketgani sababi bizga qorong‘i, — deyiladi xabarda. — Ammo hozir butun shahar qalin tuproqli bo‘ron ostida qolgan”.
Izoh (0)