AQSh prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘tqazgan eman ko‘chati nobud bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, daraxt o‘simliklarni AQShga keltirishda bo‘ladigan uzoq karantinga dosh bera olmagan. Qonunchilikka ko‘ra, AQShga keltirilgan har qanday o‘simlik, urug‘ va hatto tuproq ham Amerika yeriga qo‘yilishidan avval karantindan o‘tishi kerak.
Tramp va Makron 2018-yilning aprelida Oq uy yaqinida eman ko‘chatini o‘tqazgan edi. Bu ko‘chatni Makron va uning rafiqasi Fransiyadan olib kelgan edi. Ertasi kuni daraxt Oq uy maysazoridan yo‘qolgan.
Makron olib kelgan eman daraxti ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ramzi edi. Ko‘chat Vashingtonga Fransiya shimoli-sharqidagi Bello o‘rmonidan keltirilgan. U yerda 1918-yil yozida, Birinchi Jahon urushida amerikalik va fransiyalik askarlar birga jang qilgan. Bellodagi jangda 2 mingga yaqin amerikalik askar halok bo‘lgan.
Izoh (0)