2019-yilning 7-iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obyektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi 11.02.1995-yilda tug‘ilgan Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qiladi.
Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
Eslatilishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Izoh (0)