• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mirishkor tumanida 29 yoshli juvon osilgan holda topildi. Yaqinlari marhumaga o‘limidan oldin bosim o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

    “Daryo”ga yo‘llangan galdagi murojaatlarning biri farzand dog‘ida kuyayotgan onaizordan. Onaizorning ma’lum qilishicha, 29 yoshli qizi joriy yil 3-aprel kuni “Yangi Jeynov” MFY hududidagi eski binoda joylashgan go‘zallik salonidan osilgan holda topilgan. Murojaatchi qizining o‘limida tuman IIB tergovchisi, bino egalari va profilaktika inspektorining ishtiroki borligini, ular qizini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganini aytmoqda.

    Marhuma Sh.R.

    Marhuma Sh.R.
    Surat marhumaning yaqinlari tomonidan taqdim etilgan.

    Voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Mirishkor tumanining “Yangi Jeynov” mahallasida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    — Hammasi o‘sha o‘g‘rilik sodir etilgan payti IIB xodimlariga murojaat qilishimizdan boshlandi, — deydi marhuma Sh.R.ning onasi M.J. – 2018-yil 15-oktabr kuni salonimizdan 300 AQSh dollari miqdorida pul o‘g‘irlandi. Shunda hududimizdagi profilaktika inspektori M.Q.ga murojaat qildik. Voqeani aytib, shubhadagi kishilar haqida bildirdik. Shunda IIB xodimlari “Dildora bo‘lsa kerak”, deya taxmin qilib, tuman markazi va Qarshi shahriga telefon qilishdi. Aniqlanishicha, Dildora va Go‘zal ismli qizlar pulni olib Qarshi shahriga ketgan ekan. IIB xodimlari mashina topishim kerakligini aytib, Qarshi shahriga borib, pulni hoziroq qaytarib olishimiz lozimligini, yo‘qsa ular pulni sarflab yuborishlarini bildirdi.

    Aniqlanishicha, marhuma Sh.R. onasi bilan birga mahalladagi eski binolarning birida ijarada turib, go‘zallik salonida ish yuritgan.

    Salon joylashgan eski binoning tashqi tomoni.

    Salon joylashgan eski binoning tashqi tomoni.
    Foto: “Daryo”

    Onaning aytishicha, 15-oktabr kuni ular pul o‘g‘rilari ketidan tushganda profilaktika inspektori M.Q.ga IIB tergovchisi Z.A. ham hamrohlik qilgan. Pul o‘g‘rilari Qarshi shahridan topilgach, 100 AQSh dollari qaytarib olingan. Qolgan pullar esa sarflab bo‘lingani bois qaytarilmagan.

    Xullas, IIB xodimlari, jumladan Z.A. voqeani batafsil o‘rganishlari lozimlini aytib, jabrlanuvchi M.J.dan ariza oladi. Va arizaga doimiy bog‘lanishlari mumkin bo‘lgan telefon raqamlarini qoldirishini so‘raydi. M.J.ning gapiga ko‘ra, mazkur o‘g‘rilik ishi bilan boshqa tergovchi shug‘ullansa-da, tergovchi Z.A. o‘sha kuni yozib berilgan telefon raqamlariga har xil bahonalar bilan qo‘ng‘iroq qilib, turmushidan ajralgan qizi bilan yaqindan tanishishga harakat qilgan. Va uddasidan chiqqan.

    — Xodimning dili qoraligini qayerdan bilibman, doimiy ishlab turadigan nomer bering deyishsa, o‘zim va qizimning telefon raqamini qoldiribman-da, — deya voqeani eslaydi M.J. – O‘shandan so‘ng, Z.A. qizimga telefon qilib, uning boshini aylantirib yurgan ekan. Qizimni yo‘ldan urgan. Aksiga olib 2019-yilning yanvar oyidan e’tiboran men ham ishga chiqolmadim. Davolanishda bo‘ldim.

    Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha o‘g‘rilik bahonasida marhuma Sh.R.ning telefon raqamini olgan IIB xodimi Z.A. Sh.R. bilan yaqindan tanishib, doimiy telefonlashib turgan. Hatto tez-tez ko‘rishgan. O‘rtalarida iliq munosabat uyg‘ongan. Buni marhumaning telefonidagi SMS xabarnomalardan ham bilish mumkin.

    Salon joylashgan binoning ichki ko‘rinishi.

    Salon joylashgan binoning ichki ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo”

    M.J.ning hikoya qilishicha, 2019-yil 1-aprel kuni navbatdagi uchrashuvlarning birida Sh.R. hamda Z.A.larni bino egasi Sh.G. ikki qizi va kuyovi bilan salondan chiqarib olib, senlarni biz videoga oldik, internetga chiqaramiz deya qo‘rqitgan. Do‘q qilgan. Sh.R.ni “Z.A. meni majburladi”, deb tushuntirish xati yozib berasan deya majburlashgan. Tushutirish xati yozdirgan ham. Z.A.dan esa 10 million so‘m pul talab qilgan.

    Ushbu voqea haqida mahalla profilaktika inspektori M.Q. shunday deydi: “1-aprel kuni Sh.G. telefon qilib, tez yetib keling, bir tergovchini ushladik dedi. Borsam bir yigit 5–6 kishi turgan joyni telefoniga syomka qilayotgan ekan. Nima gap deb so‘radim. Shunda Sh.G. “bular bu yerni xarom qilishdi”, dedi. Nima qilibdi deb so‘radim. Voqeaning syomkasi bor, tilxatlari ham dedi. Shunda Sh.R.dan so‘radim. Shu gap rostmi deb. Sh.R. Z.A.ga keting deb aytganini, hatto bir tarsaki tushirsa-da Z.A. ketmaganini aytdi. Shunda hammani tarqatib, jamoatni tinchlantirib, aybdor Z.A.ni xonamga olib keldim”.

    “Daryo” muxbiriga taqdim etilgan Sh.G. va marhumaning otasi Z.K. o‘rtasidagi suhbat yozib olingan audioyozuvdan anglashilishicha, Sh.G. tergovchidan amakivachchasidagi 10 million so‘m pulini olib berishni so‘ragan. Tergovchi esa bir soatda olib berishini aytgan.

    Mahalla profilaktika inspektori M.Q. Sh.G. va uning yaqinlari Z.A.dan pul talab qilganini bilmasligini, ammo Z.A. tergovchi bo‘lgani bois Sh.G. undan tanishidagi katta miqdordagi pulini olib berishini so‘raganidan xabari borligini aytdi.

    Mahalla profilaktika inspektori M.Q.ning ma’lumot berishicha, u voqea haqida tuman IIBga xabar bergan va tergovchi Z.A.ga rahbariyatga bu haqda o‘zi ham aytishi kerakligini bildirgan. Z.A. esa bu haqda birinchi o‘rinbosarga xabar qilishini aytib, profilaktika inspektori xonasidan ketgan. Sh.R.ning oilasi, ota-onasi esa bu voqeadan bexabar qolgan.

    — Haqiqatdan ham ushbu voqea haqida Sh.R.ning oilasiga xabar bermadim, aybim shu, — deydi M.Q.

    Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari voqeadan xabar topgach, 3-aprel kuni mahallaga borib, voqea guvohlarini chaqirib ular bilan suhbatlashgan, Sh.R. hamda Z.A.lar syomka qilingan videoni ham internetga chiqib ketmasligi uchun ulardan olib qo‘ygan.

    Marhuma Sh.R. yaqinlarining Sh.G.ga tayanib aytishicha, IIB boshlig‘i o‘rinbosari voqea guvohlari bilan birga Sh.R.ni ham chaqirgan. Ammo Sh.R. “u yerga borgandan ko‘ra, o‘zimni o‘ldiraman”, degan gapni aytgan. Mahalla profilaktika inspektori M.Q. ham o‘sha kuni Sh.R. chaqirilganda, tergovchi Z.A. voqeaga aralashib, Sh.R.ni chaqirmasliklarini so‘raganini aytmoqda. Sh.R. chaqirilgan joyga bormagach, IIB boshlig‘i o‘rinbosari inspektorga Sh.R.ni ertasi kuni tumanga olib borishini tayinlagan.

    1-aprel kuni Sh.R. hamda tuman IIB tergovchisi Z.A. o‘rtasida qanday voqea yuz bergani, syomka qilingan videoda ham nima borligi bizga qorong‘i. Ammo marhumaning telefonidan Z.A.ga yozilgan SMS’lardan ma’lum bo‘lishicha, ro‘y bergan voqeadan so‘ng marhuma Sh.R. Z.A.ga uni bu gap-so‘zlardan qutqarishi lozimligini aytib, olib ketishini so‘ragan. O‘sha kuni vaqtida ketishi kerakligini aytganda, gapiga quloq solmagani oqibatida yuzi shuvut bo‘lganini yozgan. Z.A. esa sabr qilishi kerakligini takrorlagan. Sh.R.ning bir necha marotaba bu gap-so‘zlardan xalos etmasa, o‘zini o‘ldirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga javoban “18 yoshli qizning gapini gapirma” deya javob bergan. Marhuma tomonidan oxirgi ogohlantirish “sms”i 3-aprel kuni 10:23 da yuborilgan.

    Mahalla profilaktika inspektori M.Q. Sh.R. salon eshigiga osilgan holda kechki payt topilganini aytmoqda.

    Marhuma shu eshikka osilgan holda topilgan.

    Marhuma shu eshikka osilgan holda topilgan.
    Foto: “Daryo”

    Sh.R.ning otasi Z.K.ning taxminicha, qizi o‘ldirilgan bo‘lishi ham mumkin.

    — Qizim osilgan holda topilganda, oyog‘i tagidagi stul ag‘anamagan ekan, — deydi Z.K. – Qolaversa u osilgan eshik 2 metr ham chiqmaydi. Qizimning bo‘yi meni bo‘yim bilan barobar edi.

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida marhuma osilgan eshik bo‘yi 1 metr 98 santimetr ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oyog‘i tagidagi stul esa 43 santimetr balandlikda ekanligi oydinlashdi. Sud tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning bo‘yi 1 metr 63 santimetr bo‘lgan. Sud ekspertiza xulosasida marhumaga nisbatan kuch ishlatilmagan degan xulosa berilgan.

    Eshik o‘lchab ko‘rilganda 1 metr 98 santimetr chiqdi.

    Eshik o‘lchab ko‘rilganda 1 metr 98 santimetr chiqdi.
    Foto: “Daryo”

    Marhumaning oyog‘i tagida shu stul bo‘lgan.

    Marhumaning oyog‘i tagida shu stul bo‘lgan.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan advokat Rustam Sa’dullayevning fikricha, 1-aprel kuni sodir etilgan voqeadan so‘ng bino egasi Sh.G. va uning yaqinlari Sh.R.ning shaxsiy hayotiga aralashib, “seni biz videoga oldik”, deya qo‘rqitib, uni o‘z yo‘rig‘iga solishga, o‘zlariga tobe qilishga harakat qilgan. Profilaktika inspektori M.Q. esa Sh.R.ga “seni xulqi buzuq ayollar safiga kiritaman”, deya bosim o‘tkazgan. Shuningdek, voqea haqida uydagilariga xabar bermasdan Sh.R.dan voqea xususida tushuntirish xati yozib berishni talab qilgan.

    — Mazkur voqea 2019-yil 3-aprel kuni sodir etilgan bo‘lsa-da, tuman prokuraturasi tomonidan 2-may kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, — deydi advokat Rustam Sa’dullayev. – 103-modda bilan jinoyat ishi ochilgani yaxshi, ammo bu jinoyat ishi holat yuzasidan ochilgan-da. Biror bir shaxsga nisbatan emas. Bunday holatda bu modda bilan hech kimni javobgarlikka tortmasdan ishni yopib yuborish ham mumkin. Odatda bu modda bilan holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgach, ish ikki oy muddat o‘tgach, yopilishi tayin. Biz prokuraturadan ushbu voqeaga dahldor kishilar IIB tergovchisi Z.A., profilaktika inspektori M.Q. hamda o‘zgalar hayotiga aralashgan Sh.G. va yaqinlarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishini so‘ragandik.

    Rustam Sa’dullayevga ko‘ra, joriy yil tumanda o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyati 3-marotaba kuzatilmoqda. Advokat tuman prokuraturasi respublikaga yuborayotgan hisobotlarida 103-modda ko‘payib ketmasligi uchun, mazkur ishni o‘z joniga qasd qilish deb baholab yopib yuborishidan cho‘chimoqda.

    — Tergovchi Shohrux Najimovga 2 marotaba advokatlik so‘rovnomasi yubordim, — deydi Rustam Sa’dullayev. – Ammo har ikki so‘rovnomam ham javobsiz qoldi. Na rad etdi, na qanoatlantirdi. Sh.G. va yaqinlari Sh.R. va Z.A.ni videoga olgan bo‘lsa, o‘sha video bilan tanishishni ham so‘radim. Ammo advokatlik so‘rovlarim javobsiz qolmoqda.

    Rustam Sa’dullayevning qo‘shimcha qilishicha, tuman prokuraturasi tomonidan 2-may kuni jinoyat ishi ochilsa-da, haligacha ishga aloqador hech kim tergov qilinmagan.

    — Bu o‘z o‘zidan ishni bir tomonlama, g‘arazli maqsadda sudrab, tergov harakatlari uchun berilgan muddat tugagach, yopish maqsad qilinganidan darak beradi, — deydi advokat.

    Mazkur ishni tergov qilayotgan tuman prokuraturasi tergovchisi Shohrux Najimov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda advokatning gapini tamoman rad etib, tergov harakatlari davom etayotganini, mazkur ishga aloqador kishilar tergov qilinayotganini aytdi. Tergov siri oshkor qilinmasligini, shu boisdan ham bundan boshqa ma’lumot taqdim etolmasligini bildirdi.

    Onaizor M.J. qizining vafotiga 2 oy muddat bo‘lgan bo‘lsa-da, tayinli natija chiqmayotganidan shikoyat qilyapti. Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, viloyat va tuman hokimliklariga qilayotgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotgani va bu ish e’tibordan chetda qolib ketayotganidan kuyunmoqda.

    — Bu ishga tuman IIB tergovchisi ham aralashgani uchun voqeani yopdi-yopdi qilishmoqchimikin deb o‘ylab qolaman, — deydi M.J.

    Mazkur murojaat haqida xabar topganimizdan so‘ng, 27-may kuni Qashqadaryo viloyat IIB va viloyat prokuraturasiga murojaat qilib, ushbu voqea xususida surishtirdik. Aniqlangan holat haqida ma’lum qilishlarini so‘radik. Viloyat IIB holat haqida profilaktika inspektori orqali o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etdi, albatta. Ammo viloyat prokuraturasi oradan shuncha fursat o‘tsa-da, ushbu voqea xususida hech qanday ma’lumot bermadi.

    07.06.2019, 16:58   Izoh (0)   92910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobillashtirish darajasi ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkaziladi

    07.06.2019, 16:46

    O‘zbekiston Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda

    07.06.2019, 16:21

    DXX O‘zbekistondan chetga 43 mln qozoq tengesini olib chiqib ketayotgan shaxsni ushladi

    07.06.2019, 16:10

    “O‘zavtosanoat” ichki bozorda yengil avtomobillar hajmini 460 ming donaga yetkazadi

    07.06.2019, 15:50

    Moskvada politsiya xodimi o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi

    07.06.2019, 15:36

    Toshkentda “Oqtepa lavash”da ovqatdan zaharlanganlar soni 41 nafarga yetdi

    07.06.2019, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

    Dunyo | 12 may, 19:50

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:40

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:38

    Tez-tez shamollash, holsizlik, asabiylashish: osteopatiya qanday muammolarni yechishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 12 may, 19:30

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga qanday ajratilishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:16

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 12 may, 19:07

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    Dunyo | 12 may, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.