Bank bundan buyon konservativ institut emas, balki birinchi o‘rinda mijoz manfaati turadigan maskandir. “Mijoz – bizning bosh qadriyatimiz!” — “Invest Finance Bank” shiori bo‘lib, u bank mahsulotlarida o‘z ifodasini topgan.

O‘tgan aprel oyida har yili o‘tkaziladigan BankExpo ko‘rgazmasida InfinBANK odatiy pul operatsiyalarini osonlashtiradigan mobil ilovani taqdim qilgan edi. Bank ilovasi orqali elektron hamyon yordamida milliy valyutadagi summalarni komissiyasiz o‘tkazish, omonat foizlarini onlayn tarzda olish, “ekspress” o‘tkazmadana foydalanish mumkin. Endi esa bu qulayliklar qatoriga kreditni online olish imkoniyati ham qo‘shildi. 1-iyundan boshlab kompaniya yangi mahsulot ish boshlaganini e’lon qildi.

Kreditga zamonaviy yondashuv: hech qanday kafil, daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarsiz, navbatsiz va uzoq vaqt ariza javoblarini kuttirmasdan taqdim etiladigan kredit –  bank xodimlarining progressiv fikrlashidan darak beradigan xizmat.  8 million so‘mgacha bo‘lgan kreditni olish uchun faqat internet va faol UzCard kartasi kerak bo‘ladi. Google play yoki AppStore resurslaridan InfinBANK ilovasini yuklab olib, unda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, mijozdan faqat ariza yuborish va javobni kutish so‘raladi xolos. Kredit berish bo‘yicha qaror avtomatik tarzda bir necha soat ichida qabul qilinadi.

Kredit o‘tkaziladigan so‘mli InfinBANK kartasidan foydalanadigan mijozlar uchun tizimning o‘zi kerakli summa va to‘lov qobiliyati haqidagi ma’lumotlardan tashqari barcha kerakli kataklarni avtomatik ravishda to‘ldiradi. InfinBANK kartasiga ega bo‘lmagan mijozlar esa shu ilovaning o‘zida bankning kredit kartasini ochtirish uchun onlayn rejimda ariza qoldiradilar, uning jismoniy ekvivalentini esa mijoz ro‘yxatdan o‘tgan manzildagi bank filialidan o‘ziga qulay vaqtda olib ketishi mumkin bo‘ladi. Kreditni avtomatik so‘ndirishga mo‘ljallangan karta sifatida mijoz O‘zbekistondagi istalgan bank kartasini ko‘rsatishi mumkin.

Yangilanadigan kredit cheklovi  – online-kreditning o‘ziga xos xususiyatidir. Mazkur moliya atamasida mijozga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va qulaylik mujassamlashgan. Kredit so‘ndirib borilgach, summa yangilanadi va muayyan kredit cheklovi doirasida pullardan qayta foydalanish mumkin bo‘ladi.  Yangilanadigan cheklovga ega online-kreditning ustunliklari yaqqol ajralib turadi: bir martalik murojaat, foizlar faqatgina ishlatilgan kredit cheklovi uchun hisoblanishi, mablag‘ni qaysi maqsadda sarf etish borasida bankka hisobot berishning hojati yo‘qligi, shuningdek, 1-iyundan 1-sentabrga qadar o‘tkaziladigan aksiya doirasida birinchi 25 kun davomida imtiyozli foizsiz davr.

Batafsil