FIFA “Chelsi” klubiga yangi o‘yinchilarni ikkita transfer oynasi vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygani yuzasidan londonliklar Xalqaro arbitraj sudiga (CAS) murojaat qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Aristokratlar” appelyatsiyani bugun ko‘rib chiqilishga tayyor bo‘lganligini ko‘rsatgan. Biroq “Chelsi”ning shikoyati qachon ko‘rib chiqilishi noma’lum.
“Chelsi” ushbu taqiq sabab hozir yangi o‘yinchi sotib ololmaydi. Shu boisdan ham Eden Azarning “Real”ga transferi to‘xtab turgani ta’kidlanmoqda. Boisi klub Azarga o‘rinbosarni jamoaga olib kelsagina, uning ketishiga ruxsat beriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)