Shimoliy Karolinada nafaqaga chiqqan sotuvchi Jekson jekpotda 344,6 million dollar yutib oldi. Forum Daily’ning xabar berishicha, u 223 million dollarlik bir martalik to‘lov olishni tanlagan.
Qayd etilishicha, bu mablag‘larning bir qismini hayriya tashkilotlariga berish niyatida. Yana bir million dollarni bahsda yutqazgani uchun qarzini yopish maqsadida ukasiga bermoqchi.
Avvaliga Jekson 50 000 dollar yutdim deb o‘ylagan. Lekin raqamlarni qayta tekshirib, bundan ham ko‘proq pul yutib olganini bilgan. Uning ta’kidlashicha, yutuqli raqamni nabirasi bergan pechenyeda ko‘rgan.