“Bavariya” “Bayer” yarim himoyachisi Kay Havertsga qiziqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Myunxen klubi 19 yoshli xavbek uchun leverkuzenliklarga 90 million yevrolik taklif bilan chiqdi, ammo “Bayer” bu taklifni rad etdi.
Leverkuzen klubi rahbariyatining ta’kidlashicha, Haverts kelasi mavsum “Bayer”da qoladi.
Ma’lumot uchun, Kay Haverts 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 34 ta bahsda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)