Suriya shimoli-g‘arbida joylashgan Aazaz shahrida minalangan mashina portlashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, yana 28 nafari turli darajada jarohatlandi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
“RIA Novosti”ning yozishicha, portlash shahar markazidagi jinoiy xavfsizlik sektori shtab-kvartirasi yonida sodir bo‘lgan. Mashina portlagan joyda odam ko‘p bo‘lgan, shu sababli halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soni ortishi mumkin.
“TASS” hozircha hech qaysi terrorchilik guruhi sodir bo‘lgan portlashni o‘z bo‘yniga olmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)