“Bavariya” rahbariyati klub himoyachisi Jerom Boatengni yozgi transferlar vaqtida sotib yubormoqchi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Myunxen klubi Germaniya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi transferidan 20 million yevro ishlab olmoqchi.
So‘nggi vaqtlarda 30 yoshli Boatengning klub rahbariyati hamda bosh murabbiyi bilan munosabatlari yomonlashdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yozda futbolchi PSJga o‘tishni xohlagandi, biroq tomonlar transfer yuzasidan kelishuvga erisholmagandi.
Eslatib o‘tamiz, Jerom Boateng 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)