“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Tottenhem” darvozasiga gol urdi (2:0).
Misrlik futbolchi o‘yinning 2-daqiqasidayoq Ugo Lyoris qo‘riqlayotgan darvozaga penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Gracenote Live’ning xabar berishicha, u Kubok/Yevropa Chempionlar Ligasi finalida gol urgan 5-afrikalik futbolchi bo‘ldi.
Avvalroq Rabax Majeru (“Portu”, 1987), Samyuel Eto’O (“Barselona”, 2006, 2009), Didye Drogba (“Chelsi”, 2012) va Sadio Mane (“Liverpul”, 2018) ushbu natijani qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)