Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” 3—6-iyun kunlari kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Zamin.uz”

Foto: “Zamin.uz”

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-iyunda 15–20°, 4–6-iyunda 17–22°, kunduzi 3 va 6-iyunda 30–35°, 4–5-iyunda 32–37° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5-iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 3-iyunda 25–30°, 4–5-iyunda 30–35°, 6-iyunda 32–37° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5-iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 3–5-iyunda 25–30°, 6 iyunda 28–33° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5-iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqal-diroq bo‘lishi mumkin. 6-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22°, kunduzi 3–5-iyunda 28–33°, 6-iyunda 30–35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5-iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14°, kunduzi 15–20° bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi