Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining “Zekomanda” brendini hamda uning siyosiy faoliyatiga aloqador to‘rtta savdo belgisini yaratishga qaror qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ularni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish uchun u Ukraina intellektual mulk institutiga murojaat qildi.
“Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan mahsulot va xizmatlar belgilari uchun talabnomalar” ma’lumotlar bazasida aytilishicha, Zelenskiy “Zekomanda” brendini, shuningdek, “Ze”, “Ze!”, “Ze2019” va “Komanda Zelenskogo” (“Zelenskiy jamoasi”) savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma bergan.
Hujjatga ko‘ra, ushbu nomlar reklama va ta’lim faoliyatida, nashriyot va ko‘ngilochar sohalarda qo‘llaniladi.
Izoh (0)