Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi: ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
“Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)