Serxio Ramos yangi mavsum oralig‘ida “Real”ni tark etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
So‘nggi vaqtlarda futbolchi bilan klub prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yomonlashdi, ular deyarli gaplashishmayapti.
Peres hali ham Ramosni Yevropa Chempionlar Ligasidagi “Ayaks”dan qabul qilingan mag‘lubiyatda ayblamoqda. Ispaniyalik esa bundan norozi.
Bundan tashqari 33 yoshli himoyachi yozda “Real” uni hech qanday qarshiliklarsiz boshqa klubga berib yuborishiga ishonmoqda.
Ramosga bir qator Yevropa klublari va Xitoy klubi ham da’vogarlik qilmoqda. Ammo “Qirollik klubi” rahbariyati jamoa sardorini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas.
Peres hamda Ramos o‘rtasidagi dastlabki kelishmovchilik mart oyida klubning Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan so‘ng yuzaga keldi. Prezident “Ayaks”ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning kiyinishxonasiga kirib, futbolchi bilan surishib ketgandi. Ramos o‘shanda Peresga klubdan ketish bilan tahdid qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)