• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Abituriyent

    Milliarderlar poytaxti Dubayda ishlayotgan o‘zbekistonlik Murod Komilov hikoyasi

    Milliarderlar poytaxti deb nom olgan Dubayda yashash osonmi? Ishlash-chi? Daromadli ish topish uchun nimalar qilish kerak? U yerda yashash va ishlashning o‘ziga xos qonun-qoidalari haqida hozirda Dubayda yashab, ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Murod Komilov “Daryo”ga so‘zlab berdi.

    Murod Komilov 24 yoshda. Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Dubaydagi Bianco kompaniyasida ish boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritadi. Rus, ingliz va fors-tojik tillarini mukammal biladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Omadsizlik ortidagi imkoniyat

    Soham bo‘yicha o‘qituvchiman. Bolalarga ingliz tilidan dars beraman. Bakalavrni tamomlaganimdan so‘ng, magistraturaga topshirib, 9 ta xorijiy oliygohga qabul qilindim. So‘ngra Italiyaning Ca’ Foscari universitetini tanlab, qolganlariga rad javobini berdim. Afsuski, avgustda elchixonadan viza ololmadim. Yana hujjatlarni boshqa davlat elchixonalariga topshirish uchun ancha kech edi. Sababi, o‘qish sentabrdan boshlanardi. Xullas, vaqtdan yutqazdim. Keyin taqdirga tan berib, do‘stimning oldiga — Dubayga keldim. Boshida sayohat qilish maqsadida borgan bo‘lsam, keyinchalik bu yerda ishlash istagi tug‘ildi. Bir qancha tashkilotlarga hujjatlarimni topshirib ko‘rdim va omadim kelib, ishga qabul qilindim. Keyin O‘zbekistonga qaytdim. Kompaniya menga ishchilar vizasini yuborganidan so‘ng, yana Dubayga qaytib, 2018-yilning dekabr oyidan faoliyatimni boshladim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Chiroyli, issiq va qimmat shahar haqida

    Ochig‘i, tasavvurimdagi Dubay umuman boshqacha edi. Masalan, arablar ko‘p, hamma arab tilida gaplashadi, deb o‘ylardim. Lekin bu yerda yashab bildimki, shaharda arablarni uchratish qiyin ekan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsam, mamlakat aholisining 15 foizigina arab, qolgan 85 foizini boshqa millat vakillari — filippinlar, pokistonliklar va hindlar tashkil qilarkan.

    Iqlimi haqida gapirganda, Dubayni juda jazirama shahar deyishim mumkin. Arab dengizi atrofida joylashgani uchun issiq paytlari bug‘ hosil bo‘ladi va, go‘yo, o‘zingizni “hammom”da yurganday his qilasiz. Kislorod kamligi bois, nafas olish qiyin. Taxminimcha, harorat +50 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo iqlimini hisobga olmaganda, Dubay Birlashgan Arab Amirliklarining eng rivojlangan, zamonaviy, sayohatbop shahri deyish mumkin. Mamlakatda servis sohasi a’lo darajada tashkil etilgani sababli sayyohlar soni yildan yilga ortib boryapti. Ayniqsa, bu yerga rus va qozoqlar ko‘p sayohat qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jamoat transportlarida yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Chiptalar ham arzon, lekin taksilarining narxi baland. Masalan, kilometriga 2 dollardan to‘laysiz. Ammo yana bir tarafi borki, yo‘lkirani mamlakatdagi narx-navo va oylik maoshga qiyoslasak, unchalik qimmat emas. Afsuski, bu chetdan kelgan migrantlar, sayyohlar uchun yaxshigina sarf-xarajat deyish mumkin.

    Dubay xalqi juda boy. Maoshlari balandligi bois, pulga muhtoj joyi yo‘q. Eshitishimcha, agar mamlakatda farzand tug‘ilsa, unga bankda hisob-raqam ochilib, davlat tarafidan pul qo‘yiladi. U 18 yoshga kirganidan so‘ng, pulni olib ishlatishi mumkin. Ya’ni balog‘at yoshiga yetguniga qadar bolaning tahsil olishi va yashashiga yetadigan pul jamg‘arilgan bo‘ladi.

    Yuqorida aytganimdek, shaharda arablarni uchratish qiyin. Boz ustiga, ular hamma bilan ham muloqot qilavermaydi. Lekin biz bilan birga futbol o‘ynaydiganlar ichida arab yigitlar bor. Ular bilan faqat o‘yin paytidagina gaplashamiz. Meni eng xursand qiladigani, Al-Buxoriy, Naqshbandiy bobolarimizni juda yaxshi bilishadi, hurmat qilishadi. Bu yerda o‘zbeklar va turklar ko‘pligi uchun Navro‘z bayrami ham nishonlaniladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholisi mehmondo‘st. Hamma bir-biriga xushmuomala, hech kim qo‘pollik qilmaydi. Barchaning tilida “Excuse me” (kechirasiz), “Sorry” (uzr), “Please” (iltimos), “Thank you” (rahmat). Janjallashish, mushtlashish degan narsaning o‘zi yo‘q. Sababi, urishgan odamlar qattiq jazolanadi. Agar  siz kim bilandir urishsangiz, ishingizdan ayrilib, deportatsiya qilinasiz va ortga qaytib ketishingizga to‘g‘ri keladi. Shu bois, hamma bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lib, hissiyotlariga erk bermay yashaydi.

    Shu bilan birga Dubay juda tartibli mamlakat. O‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Arabmi, o‘zbekmi, filippinmi, rusmi — farqi yo‘q. Qonun barcha uchun barobar. Bunga hamma bo‘ysunadi. Masalan, avtobusda ovqat yeyish, saqich chaynash mumkin emas. Hatto ro‘za paytlari ko‘chada ovqatlanish tugul, suv ichib ham bo‘lmaydi. Hozir Ramazon oyi bo‘lganligi uchun ma’lum bir joylarda suv, ovqat tekin. Ichki ishlar xodimlari ham iftor paytlari ko‘chalarda ro‘zadorlarga suv tarqatib yuradi.

    Bundan tashqari, barcha yo‘lovchilar belgilangan joylardan o‘tishi kerak. Agar yo‘l harakati qoidalarini buzib, taqiqlangan joydan o‘tsangiz, 400 dirham (taxminan 100 dollar) jarima solinadi. To‘g‘ri, odatda sayyohlarning xatolari kechiriladi, lekin ID (yashash huquqini beruvchi hujjat)ni olgandan keyin shunday qoidabuzarlik qilsangiz, aniq jarima to‘laysiz. Keyin avtobus va metroda maxsus kartochkalardan foydalanasiz. Agar tartibni buzsangiz, yana 200 dirham (taxminan 60 dollar) jarima!

    Boshida yo‘lni bilmay avtobus, metrolarda ko‘p adashib yurganman. Metroda ayollar va erkaklar uchun alohida bo‘lmalar bor. Erkaklarning joyiga ayollar bemalol  kirib o‘tirishi mumkin, lekin ayollar uchun mo‘ljallangan qismga erkaklarning o‘tishi taqiqlanadi. Bir kuni men ham bilmay xotin-qizlar bo‘lmasiga o‘tib qolganman. Qarasam — hammasi ayollar. Hayron bo‘lib o‘tiraverganman. Bir necha bekatdan so‘ng, bir ayol kelib menga: “Bu ayollarning joyi. Sen bu yerga kirib o‘tirishing mumkin emas. Agar hozir seni politsiya ko‘rib qolsa, 200 dirham jarima soladi”, — deb aytgan. Keyin darhol boshqa joyga o‘tib olganman. Yana bir qiziq fakt — BAAda juma va shanba dam olish kunlari hisoblanib, ish haftasi yakshanbadan boshlanadi. Boshida bunga ko‘nikolmay rosa qiynalganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

     Ishga kirish qoidalari

    Bu yerga endi kelgan odamning birinchi urinishdayoq, yaxshi maoshli va obro‘li ish topishi qiyin. Sababi, barcha joyda Dubaydagi ish tajribangiz so‘raladi. Ko‘pchilik dastlab ofitsiant bo‘lib ishga kiradi. Oylik 800—900 dollar atrofida. Lekin meni bu borada omadim keldi. Italiyaning Bianco kompaniyasiga menejer bo‘lib ishga kirdim. Kompaniya Madinat Jumeirah’dagi Burj al Arab (bir kechasi 2 ming dollardan 20 ming dollargacha) va bir nechta boshqa mehmonxonalar bilan shartnoma tuzgan. Shu yerda xodimlarni nazorat qilib, biznesini yuritaman. Oyligim 1500 dollar atrofida. Asta-sekin ishimga qarab maoshim oshib boraveradi.

    Rostini aytganda, hindlar va filippinlar kam pulga — 200-300 dollarga ham ishlayveradi. Bu esa boshqalarga yuqori maoshli ish topishda qiyinchilik tug‘diradi. Mamlakatda maoshi eng baland ish menejerlik hisoblanadi. Masalan, hind menejerlar 1200—1300 dollar, yevropaliklar esa 4000—5000 dollar atrofida maosh oladi.

    Yangi kelganlar sotuvchilik, ofitsiantlik va mehmonxonalarning qabulxonasida ishlashi mumkin. Bilishimcha, bu yerda yigitlardan ko‘ra qizlar tez ish topib ketadi. Chunki do‘konlarda sotuvchilikka, asosan, qizlar ishga olinadi.

    Dubayda ish kuni 9 soatdan oshmasligi kerak. Ramazon kunlari ish soatlari qisqartiriladi. Agar kompaniyalar bunga amal qilmasa, jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Keyin yana bir sharti — ishga kirgach, 6 oy davomida bir joyda ishlashingiz kerak. Yoqmadi deb tashlab ketolmaysiz. Mabodo 6 oy bo‘lmasdan ishdan ketsangiz, vizangizga muhr uriladi va keyin 2 yil davomida viza ololmaysiz. Shuning uchun yarim yil bir joyda qo‘nim topishingizga to‘g‘ri keladi. Agar ishingizni yaxshi bajarsangiz, keyingi faoliyatingizda bu sizga katta yordam berishi mumkin. Masalan, men menejerlikda 2 yil ishlab, keyin rezyumeyimga Dubaydagi eng qimmat mehmonxonalardagi faoliyatimni, ish boshqaruvchi ekanligimni yozsam, bu menga yanada yuqori maoshli va obro‘li ish topishimga yordam beradi.

    Ishga kelmoqchi bo‘lganlarga, avvalo, ingliz tilini mukammal o‘rganishlarini tavsiya qilaman. Rus tilini bilish foydadan xoli emas. Sababi oylikka til uchun ham pul qo‘shiladi. Ish borasidagi barcha ma’lumotlarni Linkedln’dan topish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’lim tizimi

    Dubayda dunyodagi top universitetlarning asosiy binolari joylashgan. Mamlakatda taxminan 65 ta kollej va universitetlar bor. Lekin o‘qish narxi ancha qimmat. Bilishimcha, 9-sinfgacha majburiy ta’lim. Davlat maktablari tekin, lekin xususiylari, yuqorida aytganimdek, juda qimmat. Masalan, bog‘chaning to‘lovi yiliga 10 ming dollar atrofida bo‘lsa, maktablarda o‘qish narxi transport, forma va boshqa xarajatlarni hisobga olmaganda 3500 dollardan to 18 ming dollargacha. Endi universitetlarini-ku tasavvur qilavering. Lekin tahsil davomida turli xil musobaqalar, tanlovlar va kechalar uyushtiriladi. Xullas, o‘qib zerikmaysiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘qishga kirish qoidalari 

    Hozir Britaniyaning Birmingem universitetiga magistraturaga kirdim. Oliygoh dunyo reytinggida 79-o‘rinda turadi. O‘qish ikki yo‘nalishda olib boriladi, ya’ni doimiy (qatnab o‘qish) yoki masofiy ta’lim. Diplom va imtihon bir xilligi bois, men ikkinchisini tanladim. Shuning uchun aslida o‘qish narxi 23 ming dollar bo‘lsa-da, menga 15 mingga tushyapti.

    Magistraturaga o‘qishga kirish uchun, avvalo, 7 balldan kam bo‘lmagan IELTS sertifikati kerak. Ichidagi reading (o‘qish), listening (eshitish), writing (yozish) va speaking (gapirish) bosqichlaridagi baholaringizning hech biri 6,5 balldan past bo‘lmasligi shart. Yana universitetdagi ustozlaringizdan ikkita yaxshi recommendation letter (tavsiyanoma), CV (ma’lumotnoma) va nima uchun bu yerda o‘qishni xohlayotganingizni aniq va batafsil yoritib beradigan motivatsiya xati yozishingiz kerak. Universitetdagi diplomingizni ham tarjima qilib yuborasiz va sizga javob xati keladi. Sizni tanlab olishayotganda baholaringizga ham e’tibor qaratishadi.

    Bu jarayonda eng muhimi motivatsiya xatidir. Misol uchun, universitetga mingta odam o‘qishga hujjat topshiradi desak, ularda ham siznikidek yoki undan ham yuqori IELTS sertifikati bo‘ladi. Agar ulardan 100 tasi tanlab olinsa, chiroyli va batafsil yozilgan motivatsiya xatingiz sizga muvaffaqiyat keltirishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonni juda ko‘p sog‘inaman

    Niyatim — magistraturani tamomlab, yana xorijda PhD (falsafa fanlari doktori) darajasini olish va tezroq yurtimga qaytish. Bilasizmi, musofirchilikda yashab shuni angladimki, ming rivojlangan mamlakatda yashasangiz ham, barcha narsangiz muhayyo bo‘lsa ham, lekin hech qayer o‘z vataningizday, yurtdoshlaringizday bo‘lmas ekan. O‘zbekistonni juda ko‘p sog‘inaman. Ochig‘i, ba’zida hammasiga qo‘l siltab ortga qaytgim keladi, ammo o‘qish kerak. Ishni yarim yo‘lda tashlab ketish erkak kishiga xos emas. Lekin mulohaza qilsak, musofirchilikning foydali tomonlari juda ko‘p. Masalan, bu yerda yashab, ishlab, juda ko‘p narsa o‘rganasiz. Shu qatori men ham faoliyatim davomida servis sohasida katta tajriba to‘playapman.  Chunki Dubaydan o‘zlashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Nasib etsa, o‘zimizda xususiy maktab ochishni reja qilib yuribman. Bundan tashqari mehmonxona, kafe, restoran bizneslarini ham yo‘lga qo‘ymoqchiman. Xullas, niyatlarim juda ko‘p. O‘qishimni tamomlashim bilanoq, O‘zbekistonga qaytib, ishga kirishaman.
    28.05.2019, 21:18   Izoh (0)   106719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    13 marotaba IELTS imtihonini topshirib, 8.5 ball natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov hikoyasi

    28.04.2019, 11:00

    Yaponlar dangasa talabalarni yoqtirmaydi. Kunchiqar mamlakatga o‘qishga borib, hozirda yaponlarga dars berayotgan o‘zbekistonlik yigit hikoyasi

    23.04.2019, 10:22

    Abituriyentlarni plastik karta ko‘rinishidagi mobil qurilmalar bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    08.08.2017, 14:48

    Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish fakulteti ochildi

    23.06.2017, 18:23

    Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan testlar

    23.06.2017, 17:44

    Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi. Uning qiymati oddiy kontraktning 10 barobaridan ham oshishi mumkin

    22.06.2017, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.