Isroil harbiylari Suriyaning Kuneytra viloyatidagi qishloqni o‘qqa tutdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Isroil Tell ash-Shaar qishlog‘iga raketa zarbasi berdi. Yaralanganlar va shikast yetkazilgan harbiy texnika haqida ma’lumotlar olinmoqda”, — deya xabar berdi Suriya davlat televideniyesi.
Agentlik manbalari bir kishi halok bo‘lgani va bir jangchi yaralanganini bildirmoqda.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi vakillari samolyotga qarata o‘t ochilgani tufayli Suriya havo hujumidan himoya tizimiga hujum qilinganini ta’kidlagan.
Izoh (0)